Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyun, 2025   |   16 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:00
Xufton
21:38
Bismillah
12 Iyun, 2025, 16 Zulhijja, 1446

Diniy idora huzurida sayyohlik firmasi ish boshladi

02.07.2018   4916   1 min.
Diniy idora huzurida sayyohlik firmasi ish boshladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida “Muslim-tour” sayyohlik firmasi o‘z faoliyatini boshladi. Bunday faoliyat olib borish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining litsenziyasini qo‘lga kiritildi. Unga ko‘ra, turizm faoliyatini kirish, chiqish va ichki turizm yo‘nalishlarini amalga oshirish huquqini berish qayd etilgan.

2016 yil 2 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi   farmoni, shuningdek, yurtimizda turizm sohasini rivojlantishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarga hamohang tarzda endilikda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham ziyorat turizmni rivojlantirishga o‘znining munosib hissasini qo‘shadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Muslim-tour” sayyohlik firmasi yurtimizdagi qadamjo, ziyoratgoh va tabarruk maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng ko‘lamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirishga ham xizmat qiladi.

Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Yaqinda Samarqand shahrida Ipak yo‘li turizm xalqaro universitetining tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori esa bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi pog‘onaga ko‘taradi. Shuningdek, kelgusida Toshkent-Jidda-Toshkent aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi yanada kengroq imkoniyatlar eshigini ochadi.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi

12.06.2025   1116   1 min.
Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi

 

Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tashabbusi bilan Tayloq tumanida navbatdagi sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Tadbirlar oldidan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov ishchi guruh a’zolari bilan uchrashib, kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarni berdi. 

 

Xayrullo domla Sattorov hamda Tayloq tumani bosh imom-xatibi Bobur Narzullayev hamrohligida tuman markazidagi “Tayloq ota” jome masjidi joylashgan hududdagi bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi Xayrli amaliy tadbir o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari