Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan 2018 yilda Toshkent shahridan muborak haj ziyoratiga boradigan fuqarolar bilan yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Mazkur yig‘ilishlar shahardagi tumanlar kesimida tashkil qilinib, unda Toshkent shahar Haj va Umra hay’ati mas’ullari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari qatnashmoqda.
Uchrashuvlarda muborak ziyoratning mazmun-mohiyati, safarga borish bo‘yicha tartib qoidalar tushuntirilib, zarur tavsiyalar berilmoqda. Xususan, haj mavsumi yozning issiq kunlariga to‘g‘ri kelishi, mazkur safarga yoshi ulug‘ fuqarolarimizning borishi qolaversa, aksariyat ziyoratchilarning ilgari xorijga chiqmaganligini inobatga olib, ishchi guruhlari tomonidan to‘liq tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu uchrashuvlar yakunlangach, ziyoratchilar guruhlarga bo‘linib, ularga tayinlangan guruh rahbarlari tomonidan ham zarur tushunchalar berish davom ettiriladi.
Joriy yilda muborak haj mavsumi to‘liq avgust oyida hamda qisman sentyabr oyiga to‘g‘ri keladi.
Maqsud Karimov tayyorladi
Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshed Xatamov va bosh imom-xatib Musoxon domla Abbosiddinov ishtirokchilarga murojaat qilib, musobaqaning ahamiyati haqida to‘xtaldi va barchaga omad tiladilar.
16 jamoa ishtirok etgan futbol bellashuvlarida Hidoya o‘rta maxsus ta’lim muassasasi, Namangan shahar, Davlatobod va Chortoq tumanlari yarim finalga yo‘l oldi. Yarim final va final bahslari ertaga bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, imom-xatiblar va imom-noiblar o‘rtasida stol tennisi, otinoyilar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari ham qizg‘in tarzda o‘tdi. G‘oliblar ertaga futbol finalidan so‘ng taqdirlanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati