Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu «Xabar.uz» ma’lum qildi.
Yig‘ilishda kechagina Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari qatnashdi. Bosh vazirning topshirig‘iga ko‘ra, bundan buyon maktablar mahalliy yo hududiy hokimliklarga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi.
— Endi hokimlar hududlardagi xalq ta’limi xodimlari yoki rahbarlarini turli majlislarga chaqirishga haqqi yo‘q. Maktablar bevosita Xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi, — dedi A.Aripov.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 17 aprel kuni Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muzaffar domla Kamolovning buvilari vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhuma onaxonni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhuma onaxonning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhuma onaxonning yaqinlariga, xususan, Muzaffar domla Kamolovga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi