Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446

Vaqf xayriya jamoat fondi ikki kunda 75 mln so‘m zakot mablag‘larini o‘z egalariga yetkazdi

21.06.2018   3227   2 min.
Vaqf xayriya jamoat fondi ikki kunda 75 mln so‘m zakot mablag‘larini o‘z egalariga yetkazdi

Vaqf xayriya jamoat fondi 18 va 19 iyun kunlari jami hisobda 75 149 000 (yetmish besh million bir yuzi qirq to‘qqiz ming) so‘m zakot mablag‘larini shariatda ko‘rsatilgan o‘rinlarga yetkazdi.

Zakot mablag‘lari muhtoj, bemor, uysiz, qarovchisi yo‘q yoshi ulug‘larga, jami 59 kishiga naqd pul yoki plastik karta orqali berildi.

Umumiy hisobda shu kungacha 134 933 000 so‘m zakot mablag‘i 102 kishiga taqsimlab berildi. Zakot mablag‘larini tarqatish ishlari davom etmoqda.

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga quyidagi vositalar orqali pul o‘tkazish mumkin:

1.Click, PayMe, MBank, UPay mobil to‘lov ilovalari orqali:

Click orqali *880*1100# ni terish yoki Click Uzbekistan ilovasi va @clickuz telegram boti orqali;

Vaqf.uz veb-saytidagi “onlayn ehson”-ga kirib, o‘z plastik kartangiz ulangan mobil to‘lov ilovalari orqali;

2.Jismoniy shaxslar tomonidan bank kassalari orqali naqd pul topshirish va plastik kartalaridan fond maxsus xisob varaqlariga to‘lash orqali;

3.Barcha tijorat banklari infokiosklari orqali naqd pul va plastik kartalardan (“Vaqf” fondi maxsus xisob varaqlari interfeysga kiritilgan) to‘lash orqali;

4.Yuridik shaxslar tomonidan “Xayriya” va “Vaqf” maxsus xisob varaqlariga fond loyiha va maqsadlarini quvvatlash va “vaqf qilish” to‘g‘risidagi shartnoma orqali;

5.Yuridik shaxslar tomonidan “Zakot”, “Xayriya” va “Vaqf” maxsus xisob varaqlariga o‘z xodimlarining oylik ish xaqlari va korxona ta’sischilarining dividendlari xisobidan to‘lov qilish orqali;

BANK RЕKVIZITLARI:

“Vaqf” xayriya jamoat fondi, STIR/INN 207276595

ATIB “Ipoteka-bank” Yunusobod filiali, MFO 00837,

So‘mda:

h/r: 20212000000881753002 «Xayriya» uchun;

h/r: 20212000100881753003 «Zakot, fitr, ushr, fidya» uchun;

h/r: 20212000300881753004 «Vaqf» qilish uchun.

h/r 20212000500881753005 “Masjid” (masjidlar uchun)

AQSH dollarida:

acc. 20212840600881753002 in “IPOTEKA-BANK”, Unus abad branch,

branch code 00837, SWIFT UZHOUZ22, Addres: Uzbekistan, Tashkent city, Amir Temur 89

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarining pul mablag‘larini yoki moddiy qimmatliklarini fondga berishlari, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish tarzidagi ixtiyoriy xayr-ehson qilish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin

 

 

Vaqf xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Haqiqatni qachon yashirish kerak?

31.01.2025   406   2 min.
Haqiqatni qachon yashirish kerak?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taoloning go‘zal ismlaridan biri “As-Sattor”dir. Marhamatli robbimiz ushbu sifati bilan bandalarning ayblarini bu dunyoda yashirib, kamchiliklarini yopuvchidir. Oxiratda esa o‘zining fazli va rahmati bilan kechirib yuboradi. Chin, haqiqiy musulmon ham robbimizning ushbu go‘zal sifati bilan xulqlanib, birodarlarining ayblarini qidirmasdan, balki bilgan ayblarini ham yashiradi. Zero, Alloh taolo bu dunyoda musulmonlarning ayblarini yashirgan bandasini qiyomat kuni odamlar oldida sharmandalikdan asraydi.

Bu haqda suyukli, mehribon payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar:

وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا يَسْتُرُ عَبْدٌ عَبْدًا فِي الدُّنْيَا إِلَّا سَتَرَهُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Banda boshqa bir bandaning aybini shu dunyoda berkitar ekan, Alloh qiyomat kuni uning aybini berkitadi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Bandalarning ayblarini yashirish deganda, banda bilan Robbining o‘rtasida sodir bo‘lgan ayblar tushuniladi. Allohga nisbatan banda tomonidan gunoh, biror ayb sodir etilganda, ularni fosh etib, sharmanda qilinmaydi, balki Alloh taoloning marhamati, kechirimli ekaniga suyanib, fazlidan umid qilinadi. Shu niyatda musulmon birodarining aybini yashirish ijobiy xislat sanaladi.

Ammo, haqiqat berkitilib, odamlarning huquqlari zoye qilinganini ko‘rganda, buni yashishirish, oshkor qilmaslik fazilat sanalmaydi, aksincha razolat sanaladi. Ammo bandalarning haq-huquqlari poymol bo‘lganda aybu kamchiliklar yashirilmasdan, ro‘yirost gapiriladi. Garchi o‘zining yaqinlari tomonidan sodir etilgan bo‘lsa ham. Bu ham o‘z navbatida go‘zal fazilatdir. 

Hadisdan biz o‘rgangan foydali o‘gitlar:

1. Musulmon kimsa birodarining ayblarini yashirib, odamlar oldida sharmanda qilmaydi.
2. Bu dunyoda birodarining aybini yashirsa, buning mukofoti qiyomat kunida Alloh uning ham aybini yashirishini bilgan banda albatta bu amalini oxiratiga zaxira qilib qo‘yadi.
3. Musulmon kishi odamlarning aybini yashiradi, chunki bu amalni Alloh yaxshi ko‘radi.
4. Odamlarning aybini yashirar ekan, ularning uyat narsalarini ham fosh qilmasligi undan ham muhim. Inson bu bilan o‘zi yashab turgan jamiyatda parokandalik, qo‘shnilar, qarindoshlar orasida xusumat, janjalning oldini olgan bo‘ladi.
5. Odamlarning huquqlari zoye qilinganini ko‘rib, haqiqatni yashirish, haqiqatni oshkor qilmaslik fazilat emas, aksincha razolat sanaladi.
6. Insonlarning haq-huquqlarini poymol qilayotgan kishi garchi o‘zining yaqinlari, aka-uka, qarindoshlari bo‘lsa ham uning aybu-kamchiliklari yashirilmasdan, o‘ziga ro‘yirost gapiriladi.

 

Beknazar Muhammad Shakur,
Hadis ilmi maktabi katta o‘qituvchisi.

Maqolalar