Vaqf xayriya jamoat fondi hisobiga 14 iyun kuni 256 954 390 (ikki yuzi ellik olti million to‘qqiz yuz ellik to‘rt ming uch yuzi to‘qson) so‘m kelib tushdi.
Shundan:
Xayriya uchun: 3 924 775 so‘m;
Zakot, ushr, fitr va fidya uchun: 251 297 368 so‘m;
Vaqf uchun: 1 732 247 so‘m kelgan.
Umumiy hisobda fondning hisob raqamida 525 563 552 (besh yuzi yigirma besh million besh yuzi oltmish uch ming besh yuzi ellik ikki) so‘m yig‘ildi.
14 iyun kuni zakot, ushr, fidya, fitr mablag‘larini o‘z egalariga yetkazish boshlandi. Bu bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondiga pul o‘tkazish usullari:
1.Click, PayMe, MBank, UPay to‘lov mobil ilova orqali:
*880*1100# ussd yoki Click Uzbekistan ilovasi va @Clickuz telegram boti orqali;
2.Jismoniy shaxslar tomonidan bank kassalari orqali naqd pul topshirish va plastik kartalaridan fond maxsus xisob varaqlariga chiqim qilish orqali;
3.Tijorat banklari infokioslari orqali naqd pul va plastik karta (“Vaqf” fondi maxsus xisob varaqlari interfeysga kiritilgan) chiqim qilish orqali;
4.Yuridik shaxslar tomonidan “Xayriya” va “Vaqf” maxsus xisob varaqlariga shartnoma orqali;
5.Yuridik shaxslar tomonidan “Zakot”, “Xayriya” va “Vaqf” maxsus xisob varaqlariga o‘z xodimlarining oylik ish xaqlari va korxona ta’sischilarining dividendlari xisobidan to‘lov qilish orqali;
BANK RЕKVIZITLARI:
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, STIR 207276595
ATIB “Ipoteka-bank” Yunusobod filiali, MFO 00837,
Sumda:
h/r: 20212000000881753002 «Xayriya» uchun;
x/r: 20212000100881753003 «Zakot, fitr, ushr, fidya» uchun;
h/r: 20212000300881753004 «Vaqf» uchun.
AQSH dollarida:
acc. 20212840600881753002 in AKIB “IPOTEKA-BANK”, Unus abad branch,
branch code 00837, SWIFT UZHOUZ22, Addres: Uzbekistan, Tashkent city, Amir Temur 89
Bundan tashqari musulmonlarga respublikamizning barcha viloyatlarida tijorat banklarining infokiosklari orqali naqd pul topshirish va plastik kartalardan chiqim qilish orqali moliyaviy ibodatlarini ado etish imkoniyati yaratildi.
O‘MI Matbuot xizmati
Imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘chma seminar bugun respublikamizning Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida tashkil etildi. Qorao‘zak tumanidagi markaziy "Idris eshon" jome masjidida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramaddin Razov boshchiligida soha xodimlari, mahalla raislari va ziyoratchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, sayyor tadbirda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami tushuntirildi.
Ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarining 5 ta masjidi va 19 ta mahallasiga biriktirildi. Ular o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan 101 ta muammoli xonadonga kirib, o‘sha yerda yashayotganlarning holidan xabar oldi, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi va suhbatlashdi. Ularning muammolari o‘rganilib, fikr-mulohazalari tinglandi. Imom-xatiblar 10 ta toifaga mansub 101 ta oilaga ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi.
Shuningdek, masjidlar atrofida obodonlashtirish va tozalash ishlarini olib borish, ish yuritish, jamoani boshqarish jihatlari ham o‘rganildi.
Ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan qavmga, "Tinchlik baxti. Shukronalik. Ilm olish fazilati. Yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish. Missionerlik harakatlarining salbiy oqibatlari" kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildi.
Tadbir yakunida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy, masjid boshqaruvidagi ishlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida qoziyot qozisi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Qorao‘zak tumanidagi "Idris eshon" masjidining yangidan qurilayotgan binosining qurilish ishlari bilan tanishdi.
B.ABBAZOV,
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi