Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446

G'AYB ILMI ALLOHGA HOS “Ilohiy taqsimot”

23.01.2024   1120   1 min.
G'AYB ILMI ALLOHGA HOS “Ilohiy taqsimot”

 

Ibn Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Yer yuzidagi har bir ekinga, daraxtlardagi har bir mevaga, erning qa'ridagi har bir urug'ga “Bismillahir rohmanir rohim. Bu falonchining rizqidir”, deb yozib qo'yilgan”.

Farzand o'g'ilmi, qizmi Allohning ne'mati hisoblanadi. Bunday vaqtlarda yigitlarimiz “Zurriyodimni davomchisi bo'lishi kerak. O'g'il ko'rmasdan o'tamanmi?” yoki “Shuncha qizni   boqish, uzatishni o'zi bo'ladimi?”, demasdan, ayoliga  ruhiy madadkor bo'lishi kerak. Chunki Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:

“(Ey, insonlar!) Bolalaringizni qashshoqlikdan qo'rqib o'ldirmangiz – ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o'ldirish, shubhasiz, katta xatodir. (Isro, 31 oyat).

Alloh taolo kimlargadir o'g'il, kimlargadir qiz farzandlar ato etadi. Ba'zilariga esa farzandsizlik nasibdir. Ko'pchilikka esa o'g'il-qiz aralash beriladi. Bu ilohiy taqsimot bandalarining sinovi uchundir. Binobarin, bandasidan ne'matga shukr va musibatga sabr matlubdir.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

Munira ABUBAKIROVA

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

13.06.2025   12143   1 min.
Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

 

MuslimShosh.uz

Dunyo yangiliklari