Ibn Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Yer yuzidagi har bir ekinga, daraxtlardagi har bir mevaga, erning qa'ridagi har bir urug'ga “Bismillahir rohmanir rohim. Bu falonchining rizqidir”, deb yozib qo'yilgan”.
Farzand o'g'ilmi, qizmi Allohning ne'mati hisoblanadi. Bunday vaqtlarda yigitlarimiz “Zurriyodimni davomchisi bo'lishi kerak. O'g'il ko'rmasdan o'tamanmi?” yoki “Shuncha qizni boqish, uzatishni o'zi bo'ladimi?”, demasdan, ayoliga ruhiy madadkor bo'lishi kerak. Chunki Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:
“(Ey, insonlar!) Bolalaringizni qashshoqlikdan qo'rqib o'ldirmangiz – ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o'ldirish, shubhasiz, katta xatodir. (Isro, 31 oyat).
Alloh taolo kimlargadir o'g'il, kimlargadir qiz farzandlar ato etadi. Ba'zilariga esa farzandsizlik nasibdir. Ko'pchilikka esa o'g'il-qiz aralash beriladi. Bu ilohiy taqsimot bandalarining sinovi uchundir. Binobarin, bandasidan ne'matga shukr va musibatga sabr matlubdir.
O'zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi
Munira ABUBAKIROVA
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 13 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan diniy ta’lim, haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati