Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

Nega ibodatdan keyin qo‘llarimizni yuzimizga suramiz?

11.06.2018   4993   1 min.
Nega ibodatdan keyin qo‘llarimizni yuzimizga suramiz?

Manbalarda bu ishning sunnat ekani aytiladi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Alloh taologa ibodat qilganda qo‘llaringizni ko‘tarib, kaftlaringizni ochib turing, uni aslo teskari tarafga o‘girmang. Ibodatni tugatgandan so‘ng ochiq kaftlaringizni yuzingizga suring”, deganlari aytilgan.

Boshqa bir rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho:Allohning Rasuli uyquga yotishdan oldin qo‘llarini ochib Falaq, Nas va Ixlos suralarini o‘qib kaftlariga dam solganini va qo‘llarini butun tanasiga uch marta surganini ko‘rgan edim.  U zot kasal bo‘lib qolganlarida menga shunday qilishni buyurgan edilar”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud rivoyati).    

Umar roziyallohu anhu: “Allohning Rasuli duo uchun ko‘targan qo‘llarini yuzlariga surmasdan tushirmas edi”, deganlar (Termiziy rivoyati). 

Ba’zi ulamolar bu harakatni quyidagicha sharhlaganlar: “Alloh taolo hech qaysi ibodatni va O‘zidan rahmatu mag‘firat so‘rab iltijoga ochilgan qo‘lni e’tiborsiz qoldirmaydi. Shuning uchun ana shu duoni inson tanasining eng ko‘rinarli joyiga yetkazib qo‘ygani durust bo‘ladi”.

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

2025 yilgi haj mavsumida hojilar soni qancha bo‘ldi?

16.06.2025   9949   1 min.
2025 yilgi haj mavsumida hojilar soni qancha bo‘ldi?

#xabar #haj2025 #statistika 


Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e’lon qildi. Unga ko‘ra:


Bu yil 1 million 673 ming 230 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 166 ming  654 nafar.
Hojilarning 877 841 nafari erkak, 795 389 nafari esa ayollardir. 


Ziyoratchilarning kelishi yo‘llari:


Havo yo‘llari orqali: 1 435 017 kishi. 


Quruqlik chegara orqali: 66 465 kishi. 


Dengiz yo‘li orqali: 5 094 kishi. 


Eslatib o‘tamiz bu yil yurtimizdan 15 ming nafar fuqaro haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. So‘nggi 8 yil mobaynida 75 ming nafar kishi haj ibodatini qilishga muvaffaq bo‘ldi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati