Bangladesh Bosh vaziri Shayxa Hasina musulmon olamiga Islom ummatining ilmiy kashfiyotlar va yutuqlar bo'yicha katta merosi borligini eslatib, buni qayta tiklash uchun ilm-fan va texnologiyaga ko'proq mablag' ajratishga chaqirdi.
“Musulmonlar bir paytlar ilm-fan, texnika, adabiyot va madaniyatda o'zlarining ilg'or ekanligini namoyish etgan. Lekin nega musulmonlar hozir o'zlarining shonli o'tmishlaridan ancha orqada? Biz buni tahlil qilishimiz kerak”, - dedi Bangladesh rahbari. Ushbu xabarni “Islamnews” matbuoti “Anadolu” agentligiga tayanib ma'lum qilgan..
Bosh vazirning so'zlariga ko'ra, jahon miqyosida musulmonlar katta moliyaviy boylikka ega, musulmon mamlakatlarida mafkuraviy birlikning yo'qligi Islom tsivilizatsiyasining zaif tomoni hisoblanadi.
“Biz, musulmon xalqlari, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish uchun ushbu manbalardan foydalanish orqali yo'qolgan merosimizni qayta tiklashimiz mumkin”, dedi Shayxa Hasina.
Bangladesh hukumati rahbari Islom Texnologiya universitetida va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shunday fikr bildirdi.
O'MI Matbuot xizmati
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men kasalimdan shikoyat qilib: «Allohim, agar ajalim yaqinlashgan bo‘lsa, meni rohatlantir, agar ajalimni kechiktirgan bo‘lsang, mendan kasallikni ko‘tar. Agar balo keltirgan bo‘lsang, menga sabr ber», deb aytayotganimda, nogahon oldimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tib qoldilar. Va: «Nima deding?» deb so‘radilar. Men aytganlarimni takrorladim. U zot oyoqlari bilan meni turtib: «(Yo‘q,)
اللهُمَّ عَافِهِ أَوْ اشْفِهِ
«Allohumma ’afihi» yoki «Allohumma ishfihi» (Allohim, ofiyatda qil yoki shifo ber), deb ayt», dedilar. Men ana shu kundan keyin kasallikdan shikoyat qilmadim» (Imom Termiziy rivoyati).