Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz muqaddas Ramazon oyi tugashi munosabati bilan ta’tillarning yana o‘n kunga uzaytirilishi haqida qarorni imzolagan. Bu haqda "islam-today" nashri xabar berdi.
Ushbu ta’til kunlari 15 iyundan 24 iyunga qadar davom etishi aytib o‘tilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Tirikmisiz? Hayotning qadriga yeting.
Charchadingizmi? Alloh yaratgan tabiat qo‘yniga chiqing dam oling, tafakkur qiling!
Yiqildingizmi? Allohdan sabr va kuch so‘rab, o‘rningizdan turing.
Sizdan so‘rasalar, o‘ylanmay beravering. Zero, hamma narsa Allohniki. Alloh vaqtinchalik sizga berib turibdi, xolos. O‘rni bo‘lsa, muhtojlarga ulashib, savobini olib qoling.
Sizni qadrlamasalar xafa bo‘lmang, qadrlashlarini so‘ramang ham. Ammo sha’ningiz toptalgan joyda qolmang.
O‘rgatsalar, o‘rganing saboq oling. Hayot sinovlari oldida yengilmang. Kurashib yashang. To hayot ekansiz, har bir ne’matning shukrini qiling. Bu foniy olamda hammasi sinov ekanini esdan chiqarmang.
Akbarshoh Rasulov