(O'zbekistonda diniy ta'lim olishning ahamiyati yohud xorijiy davlatlarda noqonuniy diniy ta'lim olishning xatarlari)
Abdurasul domla Abdullayev
Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti
"Tahfizul Qur'on" kafedrasi katta o'qituvchisi
“Al-Azhar” universiteti rektori Salama Juma Dovud ushbu universitet talabalari o‘rtasida Qur’oni karim musobaqalarini o‘tkazish vaqti va shartlarini e’lon qildi.
IQNA agentligi “Sada al-Balad” sayti ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, “Al-Azhar” universitetida xalqaro Qur’on musobaqalarini boshlash tadbiri rektor Salama Juma Dovud rahbarligida o‘tkazildi. Yig‘ilishda universitetning ta’lim va talabalar ishlari bo‘yicha muovini Sayyid Bakri va musobaqa qo‘mitasi a’zolari ishtirok etdi.
“Al-Azhar” universiteti rektori musobaqada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish universitetning Qohira va boshqa hududlardagi fakultetlaridagi talabalar ishlari bo‘limi orqali amalga oshirilishini ma’lum qildi. Ro‘yxatdan o‘tish 6 fevral, payshanba kunigacha davom etadi. Sinovlar 15 fevral, shanba kuni og‘zaki shaklda boshlanib, 20 fevralgacha davom etadi.
Rektor universitet talabalarini Qur’on musobaqasi, erkin kitob o‘qish musobaqasi, chiroyli tilovat qilish musobaqasi, nashid va boshqa sport musobaqalari kabi universitetning talabalar ishlari bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan barcha musobaqalarda ishtirok etishga chorladi.
Salama Juma Dovud ushbu musobaqalar “Al-Azhar”ning Qohira va Misrning turli hududlaridagi fakultetlarida tahsil olayotgan yigit va qiz talabalar uchun mo‘ljallangani va g‘oliblar uchun qimmatbaho sovg‘alar tayyorlanganini ta’kidladi.
Shuningdek, u musobaqalar yakunida birinchi o‘rin uchun 100 ming misr funti, ikkinchi o‘rin uchun 75 ming misr funti, uchinchi o‘rin uchun esa 50 ming misr funti miqdoridagi mukofot tayinlanganini qo‘shimcha qildi. To‘rtinchi o‘rin uchun 25 ming misr funti, beshinchi o‘rin uchun 15 ming misr funti ajratilgan bo‘lib, universitet yana 5 nafar talabaga 5 ming funtlik rag‘batlantiruvchi sovg‘alar topshirishni rejalashtirgan.
Ushbu musobaqa yigit va qiz talabalar uchun Qur’on yodlashda o‘z iqtidorlarini namoyon qilish va qimmatbaho mukofotlarni qo‘lga kiritish uchun bebaho imkoniyat ekanini ta’kidladi.
“Al-Azhar” universiteti rahbariyati musobaqada ishtirokchilar uchun shartlar belgilab, Qur’oni karim ma’nolari va nozil bo‘lish sabablarini bilishni muhim shartlardan biri sifatida ta’kidladi. Shuningdek, talabalarni Qur’on yodlashda yuqori natijalarga erishishga rag‘batlantirish hamda ular orasida diniy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash musobaqaning asosiy maqsadlaridan biri ekani qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi
Ilyosxon ahmedov tayyorladi