Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Avgust, 2025   |   22 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:33
Peshin
12:32
Asr
17:19
Shom
19:25
Xufton
20:45
Bismillah
16 Avgust, 2025, 22 Safar, 1447

Ramazon bonuslaridan unumli foydalanaylik

23.05.2018   46324   2 min.
Ramazon bonuslaridan unumli foydalanaylik

Shunday ulug‘ kunlarda yana nimalar qila olishingiz mumkinligini o‘ylab, tafakkur qiling, albatta, sarmoyangiz juda ulug‘ bo‘ladi.

Alloh hammani imkoniyat va ko‘rinish jihatdan har xil qilib yaratgan. Kuzatib  Allohning shunday mehribonligiga guvoh bo‘ldimki, hamma insonlar o‘z holatiga qarab savob amal qilish imkoniyatiga ega ekan. Biz xaqir sanagan ba’zi amallar Alloh nazdida yuqori bo‘lishi mumkin:

– Qarindosh va tanishlarimiz bilan oramizda bo‘lgan gina-kuduratlarga chek qo‘yaylik;

– Neki ezgulik qilmaylik, ikkilanishdan yiroq bo‘lsin;

– Charchog‘ingiz sabab nafl ibodatlarga ojizlik qilayotgan bo‘lsangiz, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga behad ko‘p salovat ayting;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Ro‘zadorning duosi rad etilmaydi” (Imom Ahmad rivoyati). Shuning uchun iftorlik paytida ko‘p-ko‘p xayrli duolarni qilishga shoshiling;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sadaqaning eng afzali Ramazonda berilgan sadaqadir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati). Kam miqdorda bo‘lsa ham Ramazon oyida baholu qudrat sadaqa qiling;

– Bu oyning fazilati va ulug‘ligiga shubha qilmagan holda qilingan har bir amal Alloh huzuriga to‘siqlarsiz boradi, inshoalloh.

Taassufki, shunday voqealarni guvohi bo‘lyapmizki, ramazon oyi ham oddiy oylarga o‘xshab bormoqda. Ba’zida ro‘za kunlarida ko‘cha-kuyda quloqqa chalingan behayo so‘zlardan teringizning bir qavati shilinib tushadigandek, go‘yo. Yana shu narsa ajablanarliki, ko‘plab yoshu-qari “men uzrliman” ro‘za tutishdan ko‘ra fidya berib qo‘ya qolay, arzon ekan-ku? degan gaplarni guvohi bo‘lyapmiz. Axir fidya qoidasi, qodir bo‘la turib ro‘za tutmaganlar uchun emas-ku?  Ozgina nafsimizning qiyinchiligi deb, oxiratga sarmoya bo‘ladigan savobli amallardan osonlikcha yuz o‘girmaylik. Axir bu ulug‘ kunlar shukuhi va tarovati boshqa qaytib kelmaydi.

Soliha HUSNIDDIN qizi

 

Boshqa maqolalar

O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

15.08.2025   2101   1 min.
O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida diniy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilmoqda.


Dunyo musulmonlari hayotiga oid eng ishonchli va xolis ma’lumotlar e’lon qiluvchi taniqli “Islamonweb” portalida Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdulrahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning “Ilm – milliy taraqqiyot va global tinchlikning mustahkam poydevori” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.


Maqolada ta’kidlanganidek, boy ilmiy-ma’naviy asosga ega Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiborini o‘ziga tortgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali barqaror taraqqiyotga intilmoqda. Bu yurtdagi barcha ijobiy o‘zgarishlar xalq ehtiyoji va orzu-istaklariga asoslanib, bag‘rikenglik, taraqqiyot va ma’rifat tamoyillariga sodiq qolgan holda olib borilmoqda.


Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi qisqa vaqt ichida ulkan ilmiy loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonning ilm-ma’rifat markazi sifatidagi xalqaro imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

N.Usmonova,

O‘zA muxbiri