Rossiya Federatsiyasining Saratov shahrida Ramazon oyida davomida I Yevrosiyo Qur’oni karim tilovati xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa 2018 yilning 19 – 20 may kunlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Musobaqaga Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan 11 nafar, shuningdek Rossiya Federatsiyasining 12 viloyatidan 30 ta qori ishtirok etishi qayd etildi.
Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” islom bilim yurti 4-kurs talabasi Pirxonov Nasibullo qori bugun, 18 may kuni Saratov shahriga jo‘nab ketadi.
O‘zbekistonlik qori “Qur’on hofizi” yo‘nalishida g‘oliblik uchun bellashuvga kirishadi.
Musoboqa muxlislar orasida ham qizg‘in borishi uchun musobaqa chiptalariga “Muborak Haj ziyorati” sovrini qo‘yilgan.
Musobaqa haqida xabarlarni muslim.uz saytida kuzatib boring.
Abdulloh Parpiyev,
Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar