Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2025   |   5 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:45
Peshin
12:29
Asr
17:06
Shom
19:06
Xufton
20:23
Bismillah
28 Avgust, 2025, 5 Rabi`ul avval, 1447

Yangilik! Ramazon oyiga munosib tuhfa

12.05.2018   8125   1 min.
Yangilik! Ramazon oyiga munosib tuhfa

Qadrli yurtdoshlar, saytimizning aziz muxlislari!
O‘tib borayotgan har kunimiz, har soatimiz, har daqiqayu, har soniyamiz sizu bizni rahmat va mag‘firat, Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy - Ramazoni sharif sari yaqinlashtirmoqda. Ushbu oy munosabati bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va Ma’rifat» telekanali Diniy idora bilan hamkorlikda «Qur’oni karim ma’rifati» nomli yangi ko‘rsatuvni efirga uzatishni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu ko‘rsatuvni tasvirga olish jarayonlari jadal davom etmoqda.
Ushbu ko‘rsatuvni bir oy davomida, har kun, saharlik va iftorlik paytida tomosha qilishingiz mumkin. Alloh kalomiga bo‘lgan muhabbatimizni ziyoda qilsin, ushbu ko‘rsatuv barchamizga muborak bo‘lsin.


O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Aql charxi, kamolot mezoni

27.08.2025   1288   1 min.
Aql charxi, kamolot mezoni

Aql charxi bo‘lgan shaxmat, shashka sport  turi bilan muntazam shug‘ullanish kishi tafakkur doirasini kengaytiradi, tez qaror qabul qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida shaxmat o‘yinlarini o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Bugun poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imomlar, imom noiblari o‘rtasida shaxmat turnirining final bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etib, musobaqani kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

Tabiiyki, har bir musobaqada g‘oliblar aniqlanadi. Bu bellashuvlarda ham g‘alaba kuchlilarga, tajribalilarga kulib boqdi.

Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosasiga ko‘ra:

1-o‘rin Sarvar domla Muhammadiyev (Sergeli tumani "Ma’ruf ota masjidi)ga;
2-o‘rin Komiljon domla Nuraliyev (Yashnobod tumani "Islom ota" masjidi)ga;
3-o‘rin Nurulloh domla Obidov (Yunusobod tumani "Oqtepa" masjidi)ga nasib etdi.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchi va homiylarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

MuslimShosh.uz 

 

Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni Aql charxi, kamolot mezoni