Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2025   |   10 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
05 Iyul, 2025, 10 Muharram, 1447

Payg‘ambar alayhissalomning mo‘yi muboraklari topildi (Video)

10.05.2018   7188   2 min.

Mamlakatimizda muqaddas dinimizni, ulamolarimizning boy merosini o‘rganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 23 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muxim qadam bo‘ldi. 

Yaqinda Toshkent viloyatining Piskent  tumaniga ijodiy safarda bo‘lganimizda tumanning diqqatga sazovor joylarini tasvirga oldik. Ohangaron daryosi shu joyda Tuyabo‘g‘iz suv omboriga quyiladi. Tabiati g‘oyat go‘zal.

Daryo bo‘yidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Hakim  Polvonov nomidagi jamoa xo‘jaligi bor ekan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jamoa xo‘jaligida istiqomat qiluvchi  Qo‘ydiniso Quronova xonadonida 4 avloddan beri Payg‘ambarimiz Muhammad aylahissalomning muborak mo‘ylari saqlanib kelinarkan. Biz uni tasvirga olishdan avval O‘zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qildik. Bu topilma ularni ham qiziqtirib qoldi.

Qishloqdagi oddiy xonadonda 14 asrga teng mo‘yi muborakning borligi, to‘g‘risi, barchani hayratga soladi. Payg‘ambarimizning mo‘ylari kichkina shisha idishdagi suvda saqlanarkan. Shayx hazratlari boshchiligidagi ijodiy guruh uni diqqat bilan o‘rganib chiqdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari  Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari: “Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tegishli bo‘lgan buyumlar, uy anjomlari hozirgi kunda dunyoning sanoqli davlatlaridagina saqlanadi. Mo‘yi muborak Orif akaga bobosining akasidan meros. U  to‘rtinchi avlod vakili hisoblanadi”, dedilar.

Bugun mamlakatimizda diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga katta e’tibor qaratilyapti. O‘zbekistonda Islom sivilizatsiya markazi tashkil etilishi, yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining e’lon qilinishi   bu boradagi sa’y-harakatlarni yangi pog‘onaga olib chiqadi.

U.Hamroqulov,

jurnalist

 

Videolavhalar
Boshqa maqolalar

Qiblani adashtirib o‘qilgan namoz

02.07.2025   8550   1 min.
Qiblani adashtirib o‘qilgan namoz

Savol: Men begona joyda mehmonxonaga joylashdim. Shoshilib, e’tiborsizlik bilan namozni qiblaga teskari tarafga qarab o‘qib qo‘yibman. O‘qib bo‘lganimdan keyin tushundim, shu namozimni hukmi qanday bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda, siz namozingizni qaytadan o‘qishingiz lozim bo‘ladi. Chunki qibla qaysi tarafdaligini bilmagan odam, shu yerlik qiblani biladigan (musulmon, aqli raso, oshkor gunohlardan tiyilgan) kishidan so‘rab, namoz o‘qishi lozim. Agar shu holatda qiblani biladigan kishi topilmasa, kechasi odamlarning eshigini taqillatib yurmaydi. Balki bor imkoniyatini ishga solib, qiblani topishga harakat qiladi. Qalbi bilan bir tomonni qibla, deb qasd qilib namozini o‘qiydi. Garchi qiblani to‘g‘ri topolmagan bo‘lsa ham, uning namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi