Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2025   |   17 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:34
Bismillah
12 Iyul, 2025, 17 Muharram, 1447

Soch oldirish odoblarini bilasizmi?

04.05.2018   10084   1 min.
Soch oldirish odoblarini bilasizmi?

Savol: Soch oldirishning odoblari bormi? Iltimos, shu haqda ma’lumot bersangiz? 

Javob: Soch oldirishda qiblaga qarab o‘tirish, sochni boshning o‘ng tomonidan boshlab olish va olingan sochni ko‘mish, soch oldirishning odoblaridir. 

Imom A’zam (rahmatullohi alayh) aytadi: “Makka yo‘lida Ato ibn Rabohga soch oldirganimda sartarosh mendan uchta xato topdi: 

  1. Yuzimni qiblaga qaratib o‘tirishimni aytdi.
  2. Boshimni u tarafga qilgan edim. Oldiniga o‘ng tarafingni keltir, dedi.
  3. Sochimni olib bo‘lgach, turib ketmoqchi edim. Sochingni yerga ko‘m, dedi”. 

Kishi junublik vaqtida soch va tirnoq olishi makruhdir (“Hidoya”, “Maslakul muttaqin”).

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jarohatiga suv zarar qiladigan kishining g‘usli

07.07.2025   5223   1 min.
Jarohatiga suv zarar qiladigan kishining g‘usli

Savol: Men qorin tarafdan operatsiya bo‘ldim va qornimning 25 sm joyi tikildi va bint qo‘yilgan. Doktorlar suv teksa yiringlaydi umuman suv tegmasin deyishdi. Ehtilom bo‘lib qolsam yo ayolim bilan qo‘shilsam, qanday g‘usl qilaman? Hamma yerimga suv tekkizib, bint turgan joyiga mas'h tortsam g‘uslim o‘tadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, siz aytgan ko‘rinishda g‘uslingiz durust bo‘ladi. Islom dinining asosiy tamoyillaridan biri zararni daf qilishdir. Shuning uchun ibodatlarda bu narsaga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, tahorat va g‘usl qiluvchiga suv holatni og‘irlashtiradigan o‘rinlarda tayammum qilishga ruxsat berilgan. Bunda qoida shuki, badanining aksar qismiga suv tekkizish bemorlikka sabab bo‘lsa yoki kasallikni tuzalishini ortga surib yuboradigan bo‘lsa, shunda g‘usl qilmasdan tayammum qilinadi. Shuning uchun badanning yarmidan ko‘proq qismiga suv ishlatish imkoni bo‘lsa, o‘sha joylar to‘liq yuviladi, qolgan qismiga mas'h tortiladi. Vallohu a’lam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.