Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

Og‘riqli nuqta: beshik to‘yi – isrofgarchilikka eshik to‘yimi?

18.04.2018   5080   6 min.
Og‘riqli nuqta: beshik to‘yi –  isrofgarchilikka eshik to‘yimi?

O‘zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo‘yi o‘zbeklar millatining tashkil etishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg‘unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o‘ta o‘ziga xos, yorqin va turli-tuman bo‘lib, urug‘chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko‘pchiligi oilaviy hayotga oid bo‘lib, bolaning tug‘ilishi va tarbiyasi (beshik to‘yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to‘yi, to‘y) bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha ular islom urf-odatlarining sehrgarlik amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lgan undan ham qadimiyroq shakllarga uzviy kirib ketishini namoyon etadi.

Bugungi kunda to‘ylarni qisqartirish borasida keng ko‘lamda tizimli islohotlar olib borilmoqda. Bo‘lardan “Beshik to‘yi” – beshik to‘yi chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bog‘liq bo‘lgan, yurtimizda  keng tarqalgan to‘y marosimlaridan biridir. Odatda bu to‘y chaqaloq tug‘ilishining 7, 9, 11- kunlari o‘tkaziladi.

Beshik va chaqaloq uchun barcha zarur anjomlar chaqaloq onasining qarindoshlari tomonidan beriladi. Dasturxonga non, shirinliklar va o‘yinchoqlar o‘rab tortiladi. Kuyovning ota-onasiga, uning bobo-buvilariga sovg‘alar tayyorlanadi. Qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezatilgan beshik, dasturxonlar va sovg‘alar transport vositasiga qo‘yilib, mehmonlar bilan birgalikda, karnay-surnay va nog‘ora sadolari ostida chaqaloqning ota-onasi uyiga jo‘natiladi. An’anaga ko‘ra, olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi o‘ng yelkasiga qo‘yadi, keyin o‘g‘lining o‘ng yelkasiga uzatadi, u esa  beshikni chaqaloqning onasiga beradi.

O‘tmishda mehmonlarning barcha niyatlari toza va yaxshi bo‘lishi uchun ular yuziga oq un surar edilar. Mehmonlar mehmonxonaga yasatilgan dasturxonga taklif etiladi va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o‘tirgan paytda qo‘shni xonada kampirlarning ishtirokida bolani yo‘rgaklash va beshikka solish marosimi o‘tkaziladi. Marosim oxirida mehmonlar bolani ko‘rish uchun oldiga kiradilar, unga sovg‘alarni beradi va beshikning ustiga parvarda yoki qand sepadilar. Shu bilan marosim tugab, mehmonlar uy-uylariga qaytadilar.

Ko‘rinishda bayram sifatida nishonlanadigan mazkur odatning bir qancha salbiy jihatlari bor. Beshik to‘yida hamma mehmon kutish tadbirlari bilan ovora bo‘lib yangi tuqqan ona bir chetta qolib ketadi.  To‘y marosimi bilan bog‘liq xarajatlarning asosiy qismi kelinning ota-onasiga zimmasiga tushadi: qovurdoq, sarpo, kuyov to‘raning onasiga tilla buyum sovg‘a qilish kabi bid’at-xurofotlarning ham moddiy, ham ma’naviy mashaqqati.

Turli viloyatlarda marosim o‘zicha xususiyatlarga ega bo‘ladi va oilaning moddiy jihatdan baquvvatligi  darajasiga bog‘liq bo‘ladi: o‘ziga to‘q oilalar odatda bu to‘yni katta ko‘lamda o‘tkazadi, bu esa ehtiyojmand oilalarda ham havas uyg‘otib, ularning kelajakdagi  qiyinchiliklariga sabab bo‘ladi.

Chaqaloqni beshikka belash uchun alohida to‘y qilish diniy va milliy qadriyatlarimizga ziddir.

To‘y asosan nikoh marosimi uchun belgilangan va bunda ham isrofdan qaytarilgan. Nikoh to‘yi bir qo‘y so‘yish hisobiga o‘tkazish tavsiya qilingan.

Abdurahmon ibn Avf Rasululloh sallolohu alayhi vasallamdan to‘yni qanday qilish haqida so‘raganlarida, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam: "Bitta qo‘y so‘ygin", deganlar. Men bir necha qo‘y so‘yishga qodirman, deb qayta-qayta so‘raganlarida, "Ey molinga Xudo baraka bergur, bitta qo‘y so‘ygin" deganlar. Ya’ni, molu dunyoying ko‘p bo‘lsa ham isrof etmasdan harajat qil demoqdalar.

Asosiy to‘y bo‘lmish nikohga bor-yo‘g‘i bir qo‘y so‘yish tavsiya qilingan ekan, beshik va boshqa nomdagi to‘ylardagi ortiqcha xarajatlar ayni isrofdir.

Alloh taolo isrofni butun insoniyatga xarom qildi. Isrofning kasofatini Qur’oni karimda bayon qilib berdi, Alloh taolo marhamat qiladi:"

“Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas", deb aytgan (A’rof, 31). Demak yeyish-ichish isrof emas, balki ortiqchasi isrofdir.

Alloh taolo Isro surasida marhamat etadi:

"Qo‘lingni bo‘yninga bog‘lab olma, shuningdek qo‘lingni ochib ham yuborma, shuni o‘rtasida bo‘l" (isro-29).

"Agar ehson qilsalar isrof etmaydilar, mumsiklik ham qilmaydilar, va shuning orasida bo‘ladilar" (Furqon surasi, 67).

Qur’oni karimda: "Qarindoshning haqqini ado et, miskin-bechoralar, yo‘lovchi-musofirlarga ham (muruvvat ko‘rsat). Lekin sira isrof etma, zero, isrof qiluvchilar Shaytonning "birodarlari"dir! - deyiladi. ("Isro" surasi, 26-oyat).

Rasululloh sallolohu alayhi vasallam : «Boylikda xam, faqirlikda xam, ibodatda xam o‘rtahol bo‘lish qanday yaxshidir» deyilgan (Abu Bakr Bazzor rivoyati). Rasululloh sallolohu alayhi vasallam : «Qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayr-exson kilish bilan) xaqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo‘l quymang!  Chunki, isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga o‘ta noshukr edi» - deyiladi. (Isro surasi, 26-27-oyatlar).

Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Seni ikki xislat – fahrlanish va isrofgarchilik xatoga boshlamasa, xohlaganingni yeb, xohlaganingni ichaver», deganlar» (Imom Buxoriy rivoyati).

Beshik to‘yi va boshqa shunga o‘xshash marosimlarni qisqartirish isrofdan saqlanishning ayni o‘zidir. Isrof ham moddiy, ham ma’naviy haloqat eshigidir. Dabdabozlik va isrofgarchilik millatni tubanlikka yetaklovchi oxiri faqat hasrat va nadomatdan iborat chohdir. Isrof bo‘lmasa fayz-baraka sobit bo‘ladi. Chunki hadisi sharifda: “Tejamkor kishi muhtojlik ko‘rmaydi” deyilgan.

Mehriniso SAIDJALOLOVA

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti

Axborot-resurs markazi mudirasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Masiyh Dajjolning sifatlari (birinchi maqola)

23.12.2024   110   8 min.
Masiyh Dajjolning sifatlari (birinchi maqola)

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَامَ رَسُولُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي النَّاسِ فَأَثْنَى عَلَى اللهِ بِمَا هُوَ أَهْلُهُ ثُمَّ ذَكَرَ الدَّجَّالَ، فَقَالَ: «إِنِّي َلَأُنْذِرُكُمُوهُ وَمَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ قَوْمَهُ، وَلَكِنِّي سَأَقُولُ لَكُمْ فِيهِ قَوْلًا لَمْ يَقُلْهُ نَبِيٌّ لِقَوْمِهِ، إِنَّهُ أَعْوَرُ، وَإِنَّ اللهَ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh alayhissalom odamlar orasida turib, Allohga loyiq hamdu sano aytdilar, so‘ng Dajjol haqida so‘zlab, shunday dedilar: «Men sizlarni undan ogohlantiraman! Har bir nabiy ham o‘z qavmini undan ogohlantirgan. Lekin men sizlarga u haqda hech bir nabiy o‘z qavmiga aytmagan gapni aytaman: uning bir ko‘zi yo‘q, Alloh esa unday emas!»

عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَا مِنْ نَبِيٍّ إِلَّا وَقَدْ أَنْذَرَ أُمَّتَهُ الْأَعْوَرَ الْكَذَّابَ أَلَا وَإِنَّهُ أَعْوَرُ وَإِنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ «ك ف ر» أَيْ كَافِرٌ يَقْرَؤُهُ كُلُّ مُسْلِمٍ». رَوَاهُمَا الْأَرْبَعَةُ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh alayhissalom shunday dedilar: «Qaysi bir nabiy bo‘lmasin, albatta, ummatini bir ko‘zi yo‘q kazzobdan ogohlantirgan. Bilib qo‘yinglarki, uning bir ko‘zi yo‘q! Robbingiz esa unday emas! Dajjolning ikki ko‘zi orasiga «ka», «fa» «ro», ya’ni «kofir» deb yozilgan. Uni har bir musulmon o‘qiydi».

To‘rtovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: Alloh taolo odamlarni sinash uchun Dajjolga turli imkoniyatlar berib qo‘yadi. Jumladan, Alloh taoloning izni ila u o‘likni tiriltirish, yomg‘ir yog‘dirish, yerni hosildor qilish va shunga o‘xshash ishlarga imkon topadi. So‘ngra o‘zidan ketib, xudolik da’vosini qiladi. Shunda Alloh taolo uning ojizlik taraflarini zohir qilib qo‘ygani ish beradi. Uning bir ko‘zi yo‘qligi, peshonasiga «kofir» deb yozib qo‘yilgani, Dajjol bu narsalarni o‘zidan ketkaza olmasligi uni fosh qiladi.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «بَيْنَا أَنَا نَائِمٌ رَأَيْتُنِي أَطُوفُ بِالْكَعْبَةِ فَإِذَا رَجُلٌ آدَمُ سَبْطُ الشَّعَرِ يَنْطُفُ أَوْ يُهْرَاقُ رَأْسُهُ مَاءً قُلْتُ: مَنْ هَذَا؟ قَالُوا: ابْنُ مَرْيَمَ ثُمَّ ذَهَبْتُ أَلْتَفِتُ فَإِذَا رَجُلٌ جَسِيمٌ أَحْمَرُ جَعْدُ الرَّأْسِ أَعْوَرُ الْعَيْنِ كَأَنَّ عَيْنَهُ عِنَبَةٌ طَافِيَةٌ قَالُوا: هَذَا الدَّجَّالُ أَقْرَبُ النَّاسِ بِهِ شَبَهًا ابْنُ قَطَنٍ»، وَابْنُ قَطَنٍ رَجُلٌ مِنْ خُزَاعَةَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Tushimda Ka’bani tavof qilayotgan emishman. Sochlari yaxshilab taralgan bug‘doyrang kishini ko‘rdim. Qarasam, sochlaridan suv tomib turibdi. «Bu kim?» desam, «Bu – Masiyh ibn Maryam», deyishdi. So‘ngra boshqa yoqqa qarab, bir barvasta kimsaga duch keldim. Sochi qizil, jingalak, bir ko‘zi yo‘q, biri esa xuddi bo‘rtib turgan uzum donasiga o‘xshaydi. Bu – Dajjol, unga eng o‘xshaydigan odam esa xuzo’alik Ibn Qatandir».

Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Ibn Qatan – johiliyat davrida o‘lib ketgan odam edi.

وَلِمُسْلِمٍ: «الدَّجَّالُ أَعْوَرُ الْعَيْنِ الْيُسْرَى، جُفَالُ الشَّعَرِ، مَعَهُ جَنَّةٌ وَنَارٌ فَنَارُهُ جَنَّةٌ وَجَنَّتُهُ نَارٌ».

Muslimning rivoyatida:

«Dajjolning chap ko‘zi yo‘q, o‘zi sersoch bo‘ladi. Uning jannati va do‘zaxi bo‘ladi. Uning do‘zaxi – jannatdir, jannati – do‘zaxdir», deyilgan.

وَلِأَبِي دَاوُدَ: «إِنَّ مَسِيحَ الدَّجَّالَ رَجُلٌ قَصِيرٌ أَفْحَجُ جَعْدٌ أَعْوَرُ مَطْمُوسُ الْعَيْنِ لَيْسَ بِنَاتِئَةٍ وَلَا جَحْرَاءَ فَإِنِ الْتَبَسَ عَلَيْكُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّ رَبَّكُمْ لَيْسَ بِأَعْوَرَ».

Abu Dovudning rivoyatida:

«Dajjol pakana, maymoq, jingalaksochdir, uning bir ko‘zi yo‘q, ko‘zi tep-tekis – bo‘rtib ham chiqmagan, ichkariga ham kirmagan. Agar ikkilanib qolsangiz, bilingki, Robbingiz unday emas», deyilgan.

Sharh: Mana shu sifatlardan uni tanib olaveringlar, tag‘in uning xudolik da’vo qilayotganiga aldanib qolmanglar.

عَنِ الْمُغِيرَةِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَا سَأَلَ أَحَدٌ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ الدَّجَّالِ مَا سَأَلْتُهُ وَإِنَّهُ قَالَ لِي: «مَا يَضُرُّكَ مِنْهُ»، قُلْتُ: لِأَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّ مَعَهُ جَبَلَ خُبْزٍ وَنَهَرَ مَاءٍ، قَالَ: «هُوَ أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ ذَلِكَ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ.

Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Hech kim Dajjol haqida Nabiy alayhissalomdan men so‘raganchalik so‘ragan emas. U zot menga «U senga zarar qila olmaydi», deganlar. «Uning non tog‘i, suv anhori bo‘ladi, deyishadi», dedim. «Allohning nazdida u bunchalik bo‘lishga arzimaydi», dedilar».

Ikki shayx rivoyat qilganlar.

Sharh: Alloh taolo unga mo‘jiza kabi narsalarni juda ham oshirib berib qo‘ygan emas.

عَنْ حُذَيْفَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَأَنَا أَعْلَمُ بِمَا مَعَ الدَّجَّالِ مِنْهُ، مَعَهُ نَهَرَانِ يَجْرِيَانِ أَحَدُهُمَا رَأْيَ الْعَيْنِ مَاءٌ أَبْيَضُ وَالْآخَرُ رَأْيَ الْعَيْنِ نَارٌ تَأَجَّجُ فَإِمَّا أَدْرَكَنَّ أَحَدٌ فَلْيَأْتِ النَّهَرَ الَّذِي يَرَاهُ نَارًا وَلْيُغْمِّضْ ثُمَّ لِيُطَأْطِئْ رَأْسَهُ فَيَشْرَبَ مِنْهُ فَإِنَّهُ مَاءٌ بَارِدٌ وَإِنَّ الدَّجَّالَ مَمْسُوحُ الْعَيْنِ عَلَيْهَا ظَفَرَةٌ غَلِيظَةٌ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ كَافِرٌ يَقْرَأُهُ كُلُّ مُؤْمِنٍ كَاتِبٍ وَغَيْرُ كَاتِبٍ».

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men Dajjolda nimalar bo‘lishini uning o‘zidan ham yaxshi bilaman. Uning ikkita oqib turgan anhori bo‘ladi, biri ko‘zga ko‘rinib turgan oq suv, biri – ko‘zga ko‘rinib turgan alangali olov bo‘ladi. Kimdir unga yetishsa, o‘ziga olov bo‘lib ko‘ringan anhorga sho‘ng‘isin. So‘ngra boshini egib, undan ichsin, chunki o‘sha sovuq suv bo‘ladi. Dajjolning ko‘zi tekis, ustini qalin et qoplagan. Uning ikki ko‘zi orasiga «kofir» deb yozilgan bo‘lib, yozishni bilganu bilmagan har bir mo‘min uni o‘qiy oladi».

Sharh: Dajjolning chap ko‘zi qalin et bilan qoplangan bo‘lib, tep-tekis holda bo‘ladi. Shuning uchun u «masiyh» – tekislangan deb ham ataladi.

وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الدَّجَّالَ يَخْرُجُ وَإِنَّ مَعَهُ مَاءً وَنَارًا فَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ مَاءً فَنَارٌ تُحْرِقُ وَأَمَّا الَّذِي يَرَاهُ النَّاسُ نَارًا فَمَاءٌ بَارِدٌ عَذْبٌ فَمَنْ أَدْرَكَ ذَلِكَ مِنْكُمْ فَلْيَقَعْ فِي الَّذِي يَرَاهُ نَارًا فَإِنَّهُ مَاءٌ عَذْبٌ طَيِّبٌ». رَوَاهُمَا الثَّلَاثَةُ.

Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Dajjol chiqqanda uning suvi va olovi bo‘ladi. Odamlarga suv bo‘lib ko‘ringan narsa – kuydiruvchi olovdir. Odamlarga olov bo‘lib ko‘rinadigan narsa – muzdek, shirin suvdir. Qay biringiz bunga duch kelsa, o‘ziga olov bo‘lib ko‘ringan narsaga tushsin, o‘sha shirin, pok suv bo‘ladi».

Ikkisini uchovlari rivoyat qilganlar.

(Davomi bor)

«Fitnalar va Qiyomat alomatlari» kitobidan

Maqolalar