Garuda Indonesia havo yo‘llari kompaniyasi indoneziyalik ziyoratchilarni Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga Haj ziyoratiga eltish uchun 14 ta samolyot ajratdi. Bu haqda "mba.aero" xabar berdi.
Garuda Indonesia mamlakatning Din ishlari bo‘yicha vazirligi bilan shu haqda anglashuv memorandumi imzoladi.
Din ishlari bo‘yicha vazirlikning Haj bo‘limi direktori X.Nizar Garuda Indonesia aviakompaniyasi Haj ziyoratchilariga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatishiga umid bildirgan.
O‘z navbatida kompaniya prezidenti Paxala Mansuri bu yil Indoneziyadan Haj ziyoratiga boradigan 221 ming hojidan 107 ming nafariga Garuda Indonesia shirkati o‘zining eng yaxshi samolyotlarda xizmat ko‘rsatishini ta’kidladi.
"Jakarta Post" nashri xabariga ko‘ra, Garuda Indonesia aviashirkati 107 ming ziyoratchini mamlakatning to‘qqizta shahridan Hajga eltish va ortga qaytarish uchun 278 ta reysni amalga oshirishni rejalagan.
O‘MI Matbuot xizmati
O‘tgan 2024 yil davomida ko‘hna shaharga 1 million 745 ming 200 nafardan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali turizm eksporti 436,3 million AQSH dollariga yetkazilgan. Shu bilan birga, respublika hududlaridan Buxoroga 4 milliondan ziyod mahalliy aholi sayohat maqsadida tashrif buyurgan.
Shaharning sayyohlik salohiyatini yaxshilash maqsadida o‘tgan yili 74 ta joylashtirish vositasi, jumladan, 17 ta mehmonxona, 15 ta xostel, 42 ta oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, hududda 43 nafar yangi turoperator-turagent ish boshlashi natijasida ularning soni 2023 yildagi 143 dan 186 nafarga yetgan.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA