Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Mart, 2025   |   17 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:13
Quyosh
06:32
Peshin
12:36
Asr
16:44
Shom
18:35
Xufton
19:48
Bismillah
17 Mart, 2025, 17 Ramazon, 1446

Yana bir soha vakillarining maoshi 3-4 baravarga oshiriladi

17.04.2018   4067   1 min.
Yana bir soha vakillarining maoshi 3-4 baravarga oshiriladi

Diniy tashkilotda ishlovchi pensionerlarning pensiyalari to‘liq to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilinganini xabar bergan edik.

 
Ushbu farmonga muvofiq, 2018 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi:

 

  • o‘qituvchi, ilmiy xodim va mutaxassislarga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra, tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 3 baravar (Markaz xodimlariga – 4 baravar) miqdorda qo‘llaniladi;
  • pensionerlarga ularning ushbu tashkilotlardagi faoliyati yagona bo‘lgan taqdirda pensiyalari to‘liq to‘lanadi.

 
Mazkur imtiyozlar barcha diniy-ma’rifiy tashkilotlar xodimlariga tatbiq etiladi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ijtimoiy illatlar – taraqqiyot kushandasi

13.03.2025   6696   1 min.
Ijtimoiy illatlar – taraqqiyot kushandasi

Joriy yilning 12 mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakilligi hamkorlikda viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, mahallada va boshqa ijtimoiy obyektlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, maktab o‘quvchilarini ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tadbirlar o‘tkazildi.

Kunning birinchi yarimida Qarshi shahridagi “Asl” to‘yxonasida mahalla faollari, tadbirkorlar va aholi ishtirokida “Isrofgarchilik va dabdababozlik ijtimoiy illatlardir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov tomonidan bugungi kunda to‘y, ma’raka va marosimlardagi haddan oshishlar, Dinimizda asli yo‘q bo‘lgan “uch”, “yetti”, “yigirma”, “qirq”, “yil” va hokazo marosimlar, Eng achinarlisi, ibodatlarda ham dabdababozlikka berilish, ibodatlarni ko‘z-ko‘z qilish kabi illatlar haqida Qur’oni karim oyatlari, hadislar va hayotiy voqealardan misollar keltirib ma’ruza qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida Qarshi shahrida joylashgan 6-sonli maktab binosida ta’lim oluvchi o‘quvchilarning ota va onalari ishtirokida “Ilm va kasb hunar fazilati hamda ota-onalarning farzandlari oldidagi majburiyatlari” mavzusida suhbat o‘tkazildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

 

Ijtimoiy illatlar – taraqqiyot kushandasi Ijtimoiy illatlar – taraqqiyot kushandasi
MAQOLA