“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko‘ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi. 9 aprel kuni Poytaxtimizda “O‘zstandart” agentligi va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasida “Halol” standartlarini qabul qilish va amaliyotga joriy etish ishlari bilan birgalikda ushbu standartlarga muvofiq milliy sertifikatlashtirish tizimini yaratish ishlari boshlangan.
Respublikamizda “Halol” standartlarini qo‘llanilishi ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
“Halol” belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning nazorati amaldagi talablarga asosan muvofiqlik sertifikatini bergan idora tomonidan amalga oshiriladi.
Eksport qiluvchi korxonalar va fermer xo‘jaliklariga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Halol” standartiga asosan quyidagi namuna shaklida protsedura hujjatlari ishlab chiqildi.
Ushbu ishlab chiqilgan hujjatlardan foydalangan holda, Siz o‘z korxonangizni sifat sohasidagi siyosatini belgilab, “Halol” standartiga asosan sifat menejmenti hujjatlarini ishlab chiqishingiz mumkin.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, yurtimizda ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni sifatini ta’minlashdan iboratdir. Unda barcha tashkilot vakillari va diniy tomondan ham “Halol” nom ostida chiqayotgan iste’mol mahsulotlari jumladan: go‘sht, sut, non va shu kabi iste’molga yaroqli mahsulotlarni jahon bozoriga eksport qilib berishni ta’minlashdan iborat.
Buning uchun eng avvalo go‘sht mahsulotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ba’zi bir nobakor kimsalarning qilayotgan ishlari achinarli hol albatda.
Misol uchun, harom va halolni farqiga bormayotgan kimsalarni nazarda tutadigan bo‘lsak, hatto eshshak go‘shtini ham, mol go‘shti deb, sotib, oshxona va shunga o‘xshash joylarga chiqarib yuborganlar bo‘ldi albatda. Bunday jirkanch ishlarga qo‘l urganlar bu dunyo va oxiratda qanday javob berar ekanlar.
Bunday voqealar ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga ko‘rsatib borildi. Diniy tomondan yondoshadigan bo‘lsak, harom nima-yu, halol nima ekanligini farqiga bormasdan bemalol o‘z hamyonini o‘ylab kelayotgan kimsalar ham afsuski oramizda topiladi azizlar.
Bu borada imomo-xatibimiz Ravshanboy Raimqulovning fikrlarini bilsak:
“Halollik haqida so‘z ketganda Abu Homid G‘azzoliy “Mukoshafat-ul qulub” kitobida keltirilgan rivoyatlarida Payg‘ambarimiz shunday buyuradilar:
Halol bo‘lmagan narsalarga qarash naq Iblisning o‘qiga nishon bo‘lish demakdir. Kim Ollohdan qo‘rqqanidan halol bo‘lmagan narsalarga qarashni tark etsa, Robbi shunday unga bir imon beradiki, bu imonning totini u qalbida his etadi”.
Lobar Mirzo
ashab.uz
2025 yil 8 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan amaliy tadbirlarning navbatdagisi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Obidjon Qodirovlar boshchilik qildi.