Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Toshkent islom instituti talabasi O‘zbekistonda 2-o‘rinni egallab, jahon kubogiga yo‘llanma oldi

05.04.2025   34646   1 min.
Toshkent islom instituti talabasi O‘zbekistonda 2-o‘rinni egallab, jahon kubogiga yo‘llanma oldi

Joriy yil 2-4 aprel kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning Bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida bellashuv o‘tkazildi.
400 dan ortiq polvonlar o‘rtasida Toshkent islom instituti 2-kurs talabasi Bobonazarov Muhammad Sodiq tosh ko‘tarish turi bo‘yicha 18-23 yoshlilar orasida 95 kg+ vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni oldi.  
Shuningdek, Muhammad Sodiq 2025 yil 26 aprel sanasida o‘tkaziladigan Jahon kubogida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Musobaqani Bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish federatsiyasi prezidenti Voxiddin Najmiddinov, ginnes rekordchi va professional sportchilar kuzatib bordilar. Musobaqa yakunida g‘oliblarga Sport vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.me/oliymahad/34952

Toshkent islom instituti talabasi O‘zbekistonda 2-o‘rinni egallab, jahon kubogiga yo‘llanma oldi Toshkent islom instituti talabasi O‘zbekistonda 2-o‘rinni egallab, jahon kubogiga yo‘llanma oldi Toshkent islom instituti talabasi O‘zbekistonda 2-o‘rinni egallab, jahon kubogiga yo‘llanma oldi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

28.08.2026   818   1 min.
Ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovg‘alari ulashildi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yili arafasida Sirdaryo tumani "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon domla G‘oibov tashabbusi bilan saxovatpesha homiylar ko‘magida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida hududdagi "Tinchlik", "Ziyokor" va "Tadbirkor" mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 20 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab o‘quv qurollari jamlanmalari hamda bayram sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘ngli shod etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari