Samarqand viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Shensi provinsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Tashrifdan maqsad ishbilarmon doiralari o‘rtasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, Sian shahrida xalqaro biznes-forum va taqdimotlar o‘tkazish ekani aytib o‘tilgan.
Viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev Samarqandga xitoylik musulmon ziyoratchilarni jalb etish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazgan.
Shunday uchrashuvlardan yuiri Xitoy Xalq Respublikasi musulmonlari assotsiatsiyasi raisi bilan o‘tkazilgan. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, ziyorat turizmi yo‘nalishida har yili o‘rtacha 100 ming nafar ziyoratchilarni O‘zbekistonga, jumladan, Samarqandga jo‘natish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishilgani ma’lum qilindi.
O‘MI Matbuot xizmati