Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Aprel, 2025   |   12 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:52
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:01
Xufton
20:18
Bismillah
10 Aprel, 2025, 12 Shavvol, 1446

Alloh bandani oltin olovda sinalgani kabi imtihon qiladi

11.04.2018   3684   3 min.
Alloh bandani oltin olovda sinalgani kabi imtihon qiladi

Islomning ilk davrida makkalik mushriklar musulmonlarning boshiga ko‘pdan ko‘p og‘ir savdolarni soldi. Ularning zulmi haddan oshib ketdi. Shundan keyin as'hoblar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Ey Allohning Rasuli, biz Allohning yo‘lida bo‘la turib boshimizga bunday og‘ir kunlarning kelishining biror hikmati bormi?” deb so‘rashdi. 

Ularning bu savollariga javoban quyidagi oyati karimalar nozil bo‘ldi:

أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ

Odamlar iymon keltirdik deyishlari ila imtihon qilinmay, tark etilishlarini o‘yladilarmi? (Iymon kalimasini og‘izda aytish oson. Har kim ham iymon keltirdim, deb aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yo‘qmi, buni aniqlash uchun banda sinov-imtihondan o‘tishi kerak);

وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ

Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan o‘tkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bo‘lganlarni ham bilajak, yolg‘onchilarni ham bilajak. (Ankabut, 2,3)

Ushbu oyati karimadagi “fatanna” imtihon etdik kalimasi ayni zamonda oltinni soflashtirmoq uchun bajarilgan sinov ishlaridir. Oltinni tozalab olish uchun u juda katta issiqlikda kuydiriladi.  Issiqlik 1064 darajaga chiqqanidan so‘ng oltin eriy boshlaydi va uning ichidagi begona moddalar ko‘pirib yuqoriga chiqib qoladi. Ana o‘sha ko‘pik olib tashlanganidan so‘ng bag‘ri kuygan oltin  sof bir jismga aylanadi. Ana shu oltin 99.9. nav (proba) oltindir.

Shiddatli imtihonning ma’nosi shu. Oltin ustidan bir-ikki suv qo‘yish yoki bir-ikki bolg‘a urish bilan tozalanmaydi. Chunki nopokliklar, begona moddalar uning ichkarisiga unnab ketgan. u qadar ichkariga esa oltinni juda katta issiqlikda eritmasdan yetishib bo‘lmaydi.  

Ushbu oyati karimalar imon haqida bo‘lgani sababli imon ham insonning botinida ekani e’tiborga olinadi. Inson botinidagi eng muhim javharni shubhalardan, gumonlardan, vasvasalardan, poklab olish uchun esa uni eritish kerak. Buning uchun kuydiruvchi otash kerak bo‘ladi.  

Ana shu otashning tafti 1064 darajaga yetgunga qadar qalbaki oltinlar erib ketadi, sof oltinning tarkibiga kirib olgan begona jismlar kuyib kulga aylanadi. faqat sof oltingina tobiga keladi.  Ichimizga joylashib olib ko‘nglimizni rohatsiz etadigan, hatto o‘zimiz bilmagan narsalardan vasvasaga soladigan narsalardan biz qanday qutulib olamiz? Albatta, buning uchun oltin kabi katta issiqlikka, mashaqqatlarga sabr etsak, sinovlarga bardosh bera  olsak,  imonimizni poklab olishga erishamiz, ya’ni sof oltinga aylanamiz.

 

Damin JUMAQUL tayyorladi.

O‘MI Matbuot xizmati

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kim ikki oyatni o‘qisa

09.04.2025   6188   1 min.
Kim ikki oyatni o‘qisa

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim Baqara surasining oxirgi ikki oyatini tunda o‘qisa, unga kifoya qiladi, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Mufassirlar mazkur ikki oyatning insonga kifoya qilishi borasida: Baqara surasining oxirgi ikki oyatini o‘qigan insonga mazkur oyatlar uning hayoti davomida uchraydigan g‘am-tashvishlardan, yomonliklardan kifoya bo‘ladi. Kim kech kirganda mazkur ikki oyatni o‘qisa, go‘yo kechani ibodat bilan bedor o‘tkazgandek savob olishiga kifoya qiladi, deyishgan.

Boshqa bir qavlda: Kim mazkur ikki oyatni tunda o‘qisa, tuni bilan Qur’onni o‘qib chiqqandek savobga  kifoya qilinadi, deyilgan.