Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Fevral, 2025   |   7 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:09
Quyosh
07:29
Peshin
12:42
Asr
16:04
Shom
17:49
Xufton
19:03
Bismillah
06 Fevral, 2025, 7 Sha`bon, 1446

Qur’on zabt etgan qalblar: Naqiyr, qitmiyr va fatiyl o‘rtasidagi farq

21.03.2018   4128   2 min.
Qur’on zabt etgan qalblar: Naqiyr, qitmiyr va fatiyl o‘rtasidagi farq

Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qilib aytadi:

 

وَمَنْ يَعْمَلْ مِنَ الصَّالِحَاتِ مِنْ ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُولَئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ نَقِيرًا 

“Kimki u xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol – mo‘minlik holida savobli ishlar qilsa, aynan ular jannatga kirurlar va ularga xurmo danagining ipicha ham zulm qilinmagay” (Niso surasi, 124-oyat).

Naqiyr – xurmo mevasi danagining o‘rtasida bo‘ladigan nuqtaga aytiladi (yuqoridagi rasmda chap tarafda).

 

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday degan:

 

يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي لِأَجَلٍ مُسَمًّى ذَلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ الْمُلْكُ وَالَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ مَا يَمْلِكُونَ مِنْ قِطْمِيرٍ 

“(Alloh) kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur, U Quyosh va Oyni ham (sizlar uchun) bo‘yin sundirib qo‘ygandir – har biri muayyan muddatgacha sayrda bo‘lur. Ana shu sizlarning Rabbingiz – Allohdir, Podshohlik faqat Unikidir. (Ey, mushriklar!) Sizlar Uni qo‘yib iltijo qilayotgan narsa (soxta ma’buda)laringiz esa, xurmo danagining pardasicha narsaga ham ega emasdir (Fotir surasi, 13-oyat).

Qitmiyr – xurmo mevasi danagining yupqa pardasiga aytiladi (yuqoridagi rasmda o‘ng tarafda).

 

Alloh taolo Qur’oni Karimda bunday deb marhamat qilgan:

 

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنْفُسَهُمْ بَلِ اللَّهُ يُزَكِّي مَنْ يَشَاءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا 

O‘zlarini poklayotgan kimsalarni ko‘rmaysizmi? Haqiqatan, Alloh kimni xohlasa (o‘shani) poklaydi, (Alloh tomonidan) xurmo danagining ipicha ham zulm qilinmaydi (Niso surasi, 49-oyat).

Fatiyl – xurmo mevasi danagining o‘rtasidan ko‘tarilib turgan ingichka ipga aytiladi (yuqoridagi rasmda o‘rtada).

 

Internet materiallaridan

Nozimjon Iminjonov tarjimasi

O‘MI matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ustozning sabog‘i

4.02.2025   2922   1 min.
Ustozning sabog‘i

Ustoz xattaxtaga 1 raqamini yozdi va o‘quvchilarga qarab: “Bu sizning insoniyligingiz”, dedi. So‘ng 1 raqami yoniga 0 raqamini yozib: “Bu sizning boyligingiz” dedi. Yana bir 0 yozar ekan: “Bu sizlarning martabangiz”, dedi.

Ustoz shu zayl raqamni yiriklashtirib borarkan, inson hayotda erishishi mumkin bo‘lgan yutuqlarni sanardi. Keyin esa... Boshlanishdagi 1 raqamini o‘chirib tashladi. Xattaxtada hech bir qiymatga ega bo‘lmagan nollar qoldi. Shunda ustoz shogirdlariga: “Agar sizda insoniylik bo‘lmas ekan, qolgan yutuqlarning bari hech bir qiymatga ega bo‘lmaydi”, dedi.      

Qissadan hissa shuki, hayotning o‘zi bir darsxona. Birini ko‘rib fikr qil, birini ko‘rib shukr qil, degan naql bejiz aytilmagan. Alloh bizga bergan umrni O‘zi rozi bo‘ladigan, boshqalarga naf keltiradigan, dunyo va oxiratda foydali bo‘lgan ishlarga sarflaylik. 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar