Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446

“Ahmad ibn Malik” masjidi sirdaryoliklarga bayram sovg‘asi bo‘ldi

20.03.2018   3328   1 min.
“Ahmad ibn Malik” masjidi sirdaryoliklarga bayram sovg‘asi bo‘ldi

Sirdaryo tumanida "Ahmad ibn Malik" masjidi ochildi. U viloyatda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan 74-masjid bo‘ldi.

Masjidning tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzayev, Adliya boshqarmasi boshlig‘i Shokir Saidov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov va Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Mo‘minjon Usmonov ishtirok etib, yurtdoshlarimizni masjid ochilishi bilan qutlashdi.

Masjid ochilgani shukronasiga jonliq so‘yilib, muhtoj oilalarga tarqatildi.

Yangi masjidning imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Ulug‘bek Qobilovga Adliya boshqarmasining guvohnomasi topshirildi.

Namozxonlar masjidda ikki rakat shukrona namozini o‘qib, bunday xayrli ishlarning boshida turgan yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev va mutasaddilar haqiga duolar qildilar.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonning me’moriy renessansi: tarix va modernizm uyg‘unligi

29.01.2025   3935   1 min.
O‘zbekistonning me’moriy renessansi: tarix va modernizm uyg‘unligi

Britaniyaning mashhur "London Post" yangiliklar portalida "O‘zbekistonning me’moriy renessansi: tarix va modernizm uyg‘unligi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Unda Markaziy Osiyoda joylashgan O‘zbekiston boy tarixiy merosni zamonaviy shaharsozlik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirgan holda hayratlanarli me’moriy me’moriy renessans davrini boshidan kechirayotgani ta’kidlangan.


Qayd etilishicha, O‘zbekistonning me’moriy o‘ziga xosligi juda rang-barang. "Mamlakatning qadimiy shaharlari islom arxitekturasining eng yaxshi namunalari bilan faxrlanadi. Ulardagi murakkab koshinlar, geometrik naqshlar va monumental gumbazlari hayratlanarlidir", – deyilgan nashrda.


O‘zbekistonning tarixiy obidalarida qadimiy an’analar markaziy o‘rinni egallagan bo‘lsada, mamlakat modernizmni ham qabul qildi. 2016 yildan boshlab zamonaviy arxitekturaning yangi to‘lqini boshlandi, bu Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va "Toshkent-Siti" loyihasi kabi yirik tuzilmalarning paydo bo‘lishiga olib keldi.


Maqolada ushbu loyihalar O‘zbekistonni innovatsiyalar markazi sifatida jahon miqyosiga olib chiqish, shu bilan birga mamlakatning boy me’moriy merosini asrashga qaratilgani alohida ta’kidlangan. Poytaxtda osmono‘par binolar va zamonaviy ofis binolari qadimiy obidalar bilan uyg‘un holda qad rostlamoqda.

 

"Barqarorlik – O‘zbekistonda me’moriy renessansning yana bir muhim tarkibiy qismidir. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilar ekan, Ipak yo‘li davridagi an’anaviy qurilish metodlari ham qayta ko‘rib chiqilmoqda", – deb ta’kidlangan.

 

Maqola yakunida, "O‘zbekiston me’moriy renessansi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda madaniy merosni asrab-avaylashda boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lib, tarix va modernizm o‘rtasida uyg‘un munosabatni saqlab kelmoqda", – deb yozilgan.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari