Kunduzgi nafl namozlarini to‘rt rakatdan, kechqurungi nafllarni esa ikki rakatdan o‘qish sunnat amallardandir. Qiyom turishga qodir bo‘laturib o‘tirgan holda nafl namozlari o‘qish jo-iz, lekin savobning yarmiga erishadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday ham namoz o‘qiganlar deb o‘qisa, ham namozning ham sunnatga amal qilganning savobiga erishadi. Ammo tik turib o‘qishga qodir bo‘lmagan kishining ajri tik turib o‘qi-gan kishining ajri bilan barobar bo‘ladi. O‘tirib o‘qiydigan ki-shi agar uzri bo‘lmasa, boshqa namozlardagi tashahhud o‘qiyotgan ki-shidek chap oyog‘i ustiga o‘tirib, o‘ng oyog‘ini tik qiladi. Nafl o‘qish-ga kirishgan kishining namozi agar ikki rakatni to‘liq tugatmay turib buzilsa, uning qazosini o‘qi’b qo‘yishi vojib bo‘ladi.
Shunday vaqtlar borki, unda nafl namozlarini o‘qish makruhi tahrimiy, ya’ni haromga yaqin makruh hisoblanadi. Quyidagi hol-larda nafl namozlarini o‘qish makruh sanaladi:
Agar shu yuqorida eslab o‘tilgan vaqtlarda nafl namozlar o‘qil-sa, makruhi tahrima bilan ado topadi. Kim ushbu paytlarda namoz-ni boshlab qo‘ysa, uni buzib namoz o‘qish makruh yoki harom bo‘lma-gan boshqa vaqtlarda o‘qishi ma’quldir.
“Mo‘minning me’roji” kitobidan
O‘MI Matbuot xizmati
Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:
– Haliyam uylanmadingmi?
– Yo‘q, – dedi u.
– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?
– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...
– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..
– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.
Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:
“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:
– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:
– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...
Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.
Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.
Akbarshoh RASULOV