“Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni “aldab” qo‘yguvchidir. Va ular qachon namozga tursalar dangasalik bilan odamlar ko‘rsin, deb turadilar va Allohni kamdan-kam eslaydilar” (Niso surasi, 142-oyat).
Riyokorlar qiyomat kunida to‘rtta nom bilan chaqiriladi: ey riyokor, ey xiyonatkor, ey fojir, ey ziyonkor, bor kim uchun amal qilgan bo‘lsang, o‘shandan ajr-mukofotingni olaver. Bizning huzurimizda riyo uchun ajr yo‘q.
Qatoda roziyallohu anhu bunday dedilar: “Agar banda riyo qilsa, Alloh: Bandam meni qanday masxara qilayotganini qaranglar, deydi”.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu riyokorning uchta alomati bo‘lishni bayon qilinglar: yolg‘iz o‘zi bo‘lsa, dangasalik qiladi, odamlar davrasida serg‘ayrat bo‘ladi, odamlar maqtagan ishni ko‘paytirib, qoralagan ishni kamaytradi.
Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vassallam aytilar: “Riyoning ozginasi ham shirkdir”.
Alloh taolo bizni amallarimiz, so‘zlarimiz va barcha holatlarimizda ixlosli bo‘lmog‘imizni nasib qilsin.
Oybek SAMARQANDIY,
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
O‘MI Matbuot xizmati