Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmgina noumid bo‘lur” (Yusuf surasi, 87-oyat).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vassallam aytdilar: “Allohning yuzta rahmati bo‘lib, undan bitta rahmatini jinlar, insonlar, hayvonlar va hashoratlar orasiga tushirdi. Ana o‘sha bitta rahmat bilan ular bir-biriga rahm-shafqat ko‘rsatadi, hatto vahshiy hayvonlar o‘z bolasiga mehribon bo‘ladi. Alloh to‘qson to‘qqizta rahmatini olib qoldiki, ular bilan qiyomat kunida bandalarga rahm qiladi” (Mutafaqun rivoyati).
“Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsani) sherik qilishni kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalarni uchun kechirur (Niso sura, 48-oyat).
Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vassallam aytdilar: “Yaxshi gumon ibodatning go‘zalligidandir” (Abu Dovud rivoyati).
Alloh barchamizni O‘zini rahmatiga nasib qilsin.
Oybek SAMARQANDIY,
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
O‘MI Matbuot xizmati
No‘monxon Yahyoxon,
Toshkent islom instituti talabasi.