Bugun, 7 mart kuni Surxondaryo viloyati va qo‘shni Tojikistonning Xatlon viloyati o‘rtasidagi «Amuzang» («Hoshadi») chegara postining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning feysbukdagi sahifasida ma’lum qilingan.
«Qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, qo‘shni davlatga borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish maqsadida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasidagi «Amuzang» chegara postining rasmiy ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda so‘z olganlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari qadim tarixga ega ekanligi, ushbu xayrli ish kelgusida iqtisodiy, madaniy va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida yangi sahifalar ochishini ta’kidlashdi. Chegara postining ochilishi asrlar davomida qo‘shni yashayotgan, dili va dini bir bo‘lgan, ikki tilda so‘zlovchi bitta xalqni behad quvontirdi», deyilgan xabarnomada.
Tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tgan marosimlarda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Xatlon viloyati hokimi Davlatsho Gulmaxmadzoda qatnashdi.
Bungacha Samarqand, Jizzax va Namangan viloyatini qo‘shni respublika bilan bog‘lovchi chegara postlarining ochilish marosimlari o‘tkazilgandi.
Manba: https://kun.uz
Alloma Muhammad Avvoma hafizahulloh:
"Haqiqiy oqillar muxoliflari bilan bog‘lab turuvchi rishtalarga qaraydilar:
Birinchisi: Odamgarchilik,
Ikkinchisi: Islom,
Uchinchisi: Ilm rishtasi".
Bu hikmatda, aqlli va ixlosli insonlar hatto o‘zlariga qarshi fikrda bo‘lgan odamlar bilan ham umumiy bog‘liqliklarni ko‘radilar. Ular odamiylik jihatidan baribir bir inson ekanligini, agar musulmon bo‘lsa, Islom birodarligi birlashtirishini va ilm rishtasi bilan ham bog‘lanishini anglaydilar. Bu esa ixtiloflar chekinib, hurmat, bag‘rikenglik va ijobiy munosabatlar uchun asos bo‘ladi.