Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Buyuk Britaniyadagi dunyoning eng katta kutubxonasida O‘zbekistonda nashr etiladigan kitoblar saqlanadigan bo‘ldi

07.03.2018   3131   1 min.
Buyuk Britaniyadagi dunyoning eng katta kutubxonasida O‘zbekistonda nashr etiladigan kitoblar saqlanadigan bo‘ldi

Foto: O‘zA

London shahrida amaliy tashrif bilan mehmon bo‘lib turgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy merosni tadqiq etish markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi vakillaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniya kutubxonasi ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

BL-Reading-Room.jpg

Foto: O‘zA

Kutubxona vakillari Kristian Jensen, Kolin Beker, Luiza Mengoni, Janet Zmrojek bilan suhbatda Buyuk Britaniya kutubxonasi dunyodagi qo‘lyozma, kitob, xarita, jurnal va boshqa manbalarning eng boy fondiga ega kutubxona hisoblanishi, unda 150 milliondan ziyod manba saqlanishi ta’kidlandi. Kutubxonaga har yili 3 million yangi adabiyot qo‘shiladi, kuniga o‘rtacha 16 000 kitobxon tashrif buyuradi. Agar kuniga Buyuk Britaniya kutubxonasida saqlanayotgan 5 ta kitob o‘qilsa, jami manbalarni o‘qib tugatish uchun 18 000 yil kerak bo‘ladi. 

bl.jpg

Foto: O‘zA

 
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. 
 
 
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

13.06.2025   5892   2 min.
Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

Savol: Chatgpt (sun’iy intellekt) orqali diniy savollarimizga javob olsak bo‘ladimi, shu javoblarga  amal qilsak bo‘ladimi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu joiz emas. To‘g‘ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois shar’iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor. Alloh taolo oyati karimada bunday marhamat qilgan:


فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

“Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahlidan so‘rangiz!” (Anbiyo surasi, 7-oyat).

Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o‘sha sohaning «zikr ahli»dan o‘rganishi lozim bo‘ladi. Shunday ekan, e’tiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan so‘rash talab etiladi. Buyuk tobeiy Ibn Sirin rahimahulloh bunday deganlar:


 ‌إن ‌هذا ‌العلم ‌دين فانظروا عمن تأخذون دينكم. رواه مسلم

“Albatta, bu ilm dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qaranglar” (Imom Muslim rivoyati).
Mazkur iboraning sharhida Mulla Ali Qori rahimahulloh bunday deganlar:
“Bu ilm” so‘zidan murod Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga olib kelgan Qur’oni karim va hadisi sharifdan iborat bo‘lgan ta’limotdir. Uni ishonchli va adolatli zotlardan olmoqdamisiz yoki yo‘q, shunga nazar solinglar, ya’ni qayerdan, kimdan ilm olayotgangizni aniq bilinglar”. (“Mirqotul mafotih” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.