O‘MI Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Uchtepa tuman hokimligi hamda Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Uchtepa tumanidagi 297-maktabda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ishtirokida "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Ramazon oyining fazilatlari hamda ne’matlar shukri ila ziyoda bo‘lishi, shuningdek, ilm olishning ahamiyati borasida so‘z bordi. Ma’ruza davomida farzandlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, sog‘lom e’tiqodli qilib tarbiyalashda ota-onalarning vazifalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir so‘ngida aqidaviy hamda Ramazon oyiga doir savollarga atroflicha javoblar berildi.
Aholi bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati