Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Dekabr, 2024   |   24 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
25 Dekabr, 2024, 24 Jumadul soni, 1446

Niderlandiya 2016 yilda masjidga hujum qilganlarning jazosini yengillashtirdi

28.02.2018   2801   1 min.
Niderlandiya 2016 yilda masjidga hujum qilganlarning jazosini yengillashtirdi

Niderlandiyaning Arnhem-Leyeuvarden appelyatsiya sudi 2016 yilda Ensxeddagi masjidga “Molotov kokteyli” deb nomlanuvchi yonuvchi modda solingan shishalarni otganlarning jazosini yengillashtirishga qaror qildi. Bu haqda “Anadolu”  axborot agentligining ingliz xizmati xabar berdi. 

Sudning izohlashicha, hodisa terror hujumi sifatida baholangan bo‘lsada, hech kimga zarar yetmagan. Shu sababli besh nafar jinoyatchi sud tomonidan qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. 

2016 yilda 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan to‘rt jinoyatchidan ikki nafarining jazosi 3 yilga, bir nafarining jazosi esa 2,5 yilga tushirilgan. Beshinchi jinoyatchi sudga murojaat qilmagani ma’lum bo‘ldi. 

Ikki yil muqaddam Niderlandiyaning Ensxed shahridagi qavmi asosan marokashliklardan iborat masjidga Molotov kokteyli otilgan, buning natijasida masjidning tashqi qismi yongan edi. Hujum paytida ichkarida odamlar bo‘lgan. Biroq hech kim jabrlanmagan edi. 

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bu ishingni hech kimga aytma...

24.12.2024   1169   1 min.
Bu ishingni hech kimga aytma...

Rivoyat qilinishicha, bir kuni sahroda bir otliq kishi ketib borardi. Cho‘lda sarson bo‘lib, adashib chanqoqdan tinkasi qurigan bir kishini uchratdi. Bu odam otliqdan suv so‘radi, otliq unga suv berdi. Yo‘lovchi biroz o‘ziga kelgach otliqdan uni o‘zi bilan olib ketishini iltimos qildi. Otliq rozi bo‘ldi va yo‘lovchini otiga minishiga izn berdi.

Ammo, yo‘lovchi ko‘p toliqqani uchun otga o‘zi mingasha olmadi va: "Men chavandoz emasman, oddiy dehqonman, shuning uchun otga minishga o‘rganmaganman. Iloji bo‘lsa menga otga minishimga yordamlashib yuborsangiz", deb iltimos qildi.

Otliq otdan tushib, unga yordam berdi. Biroq, yo‘lovchi otga mingach, mohir chavandoz kabi otni choptirib qochib qoldi.
Shunda otliq o‘zini aldanganini angladi va qochayotgan o‘g‘rining ortidan qichqirib: "Menga qilgan bu ishingni hech kimga aytma, iltimos! Yo‘qsa, odamlar bir-birlariga muruvvat qilmay qo‘yadilar", dedi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV