AQSHning Illinoys shtatida joylashgan islom tashkilotlaridan biri xijob haqida ijtimoiy reklamani yo‘lga qo‘ydi. Ushbu reklama banneri GainPeace (Tinchlikka erishish) tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, mahalliy aholini hijob haqidagi ma’lumotlarini yanada boyitish maqsadida tashkil etilgan aksiya hisoblanadi.
Yirik reklama e’loni avtomagistral chetida o‘rnatilgan. Ushbu masalaga qiziqqan har bir shaxs bannerda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, mutaxassislardan Islom haqidagi savollariga javob olishi mumkin.
Reklama bannerini kuzatadigan bo‘lsak, unda quyidagi so‘zlar keltirilgan:
“Hurmat”, “Sharaf”, “Qudrat”. “Hijob bu Isoning onasi Maryam tomonidan sharaf bilan o‘ralgan va musulmon ayollar tomonidan kiyiladi”, deyilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
#xabar #haj2025
Bugun, 12 iyun kuni erta tongda yurtimiz hojilarining ilk guruhlari yurtimizga yo‘l olishdi.
Aytib o‘tish joiz, bu yilgi haj mavsumi har qachongidan ham fayzli, shukuhli o‘tdi. Haj arkonlarini bajarish uchun yurtimiz mo‘min-musulmonlariga Madinai munavvara, Makkai mukarramada yaratilgan shart-sharoitlarga ko‘plab musulmonlarning havasi kelganiga barcha guvoh bo‘ldi.
Ayniqsa, mehmonxonalar, Mino, Arafot vodiylaridagi qulaylik va imkoniyatlar, tibbiy va transport xizmatlari barchani mamnun etdi.
Endilikda ibodatlarni huzurlanib ado etgan, yuz-ko‘zlari porlagan, peshonalaridan nur balqigan hojilarimizning dastlabki guruhi diyorimizga qaytishmoqda.
Alloh taolo hojilarimizning hajlarini qabul aylasin. Farzandu anjumandlari bag‘riga eson-omon yetib olishsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati