2016 yil Bixara shtati SRIni kengroq amalga joriy etish uchun 50 mln. AQSH dollari ajratmoqchi bo‘ldi. Buning uchun qo‘shimcha yordam topish choralarini ham izladi. Vazirlik vakili fermerlarni bu metodga qo‘shimcha o‘qitish zarurati haqida gapirar ekan, “Bizning bu boradagi eng katta muammomiz – odamlar bu metodni o‘rganishga chanqoq, ammo o‘qituvchilar yetishmayotir”, dedi.
SRIga o‘xshagan agroekologik metod o‘z natijasini ko‘rsatib hosildorlik rekord darajasiga yetib turgan pallada Yevropadagi davlat tashkilotlari va fondlari ana shu samarali metodni qo‘llab-quvvatlashga sira ham shoshilmadi, hozir ham shoshilayotgani yo‘q. Chunki o‘sha davlatlarning biotexnologik kompaniyalari esa jahonni ochlikdan qutqarishning yagona vositasi sifatida genetik modifikatsiya (GMO) sifatida pestitsidga qaramlikni faollik bilan ilgari surmoqda.
Boz ustiga genetik modifikatsiyalangan organizmlar atrofida har doim shovqin ko‘tarilib turadi. O‘tgan uch o‘nyillik ichida GMO ustidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga milliardlab dollar sarflanganidan so‘ng sun’iy sharoitda o‘stirilgan transgen ekinlar go‘yoki hosildorlikning oshishiga umid uyg‘otmoqda. Ayni choqda GMO uchun gerbitsidlarning qo‘llanishi tez sur’atlarda oshib borayotir. Chunki ularning aksari juda ko‘p miqdordagi ximikatlarga chidamlilikka loyihalashtirilgan. Bu tasodifiy hodisa emas, axir transgen urug‘larni jahon miqyosida yetishtiruvchilar pestitsidlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalardir.
Bugungi kunda kichik fermerlar dunyo bo‘yicha 80 foiz qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiradi. Hindiston qishloqlarida yashovchi Sumant Kumarga o‘xshagan fermerlar esa yangi, ommaviy “yashil inqilob”ni amalga oshirib, dunyo aholisini rostakamiga boqishga qodir bo‘lgan metodni namoyish etdi.
***
E’tibor qilgan bo‘lsangiz, yuqorida biotexnologik kompaniyalar va GMOlar haqida ham gap bordi. Genetik modifikatsiyalangan organizmlar haqida so‘z yuritishdan oldin ularni yetishtiruvchi kompaniyalarning eng peshqadami haqida ikki og‘iz so‘z:
O‘tgan asr so‘nglarida dilbar shoirimiz, marhum Muhammad Yusuf bir she’rida:
Bir kuni ajoyib zamon keladi,
Tankalar dalada paxta teradi –
deya samimiy orzusini ifoda etgan edi. Zamonning zaylini qarangki, unga ilhom bag‘ishlagan ana shu oliyjanob tuyg‘u hayotda bo‘lgan ham ekan-u, ammo, taassufki, vaziyat u orzu qilgandek samimiyatga yo‘g‘rilmasdan boshqacharoq, yana ham aniqrog‘i, g‘arazliroq tarzda kechgan ekan. Buni “Monsanto” kompaniyasi faoliyati tasdiqlaydi.
Monsánto – biotexonologik o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha dunyodagi eng peshqadam transmilliy kompaniya. Asosiy mahsulotlari – jo‘xori, soya, paxtaning modifikatsiya qilingan urug‘lari, shuningdek, dunyo bo‘ylab keng tarqalgan “raundap” nomli gerbitsiddir.
Kompaniyaga o‘ttiz yildan ortiq dorishunoslik sohasida ishlagan Jon Fransis Kuini 1901 yil asos solgan va uni turmush o‘rtog‘ining qizlik familiyasi bilan “Monsanto” deb atagan. 1928 yil kompaniya boshqaruvi uning o‘g‘li Edgar Monsanto Kuini qo‘liga o‘tgan. 2013 yilda kompaniyada 21900 xodim ishlagan. O‘sha yilda kompaniyaning aylanma oboroti 14,861 milliard AQSH dollarini; yillik sof foydasi 2,482 milliard dollarni tashkil etgan.
“Glifosat” deb atalgan Roundup – markali gerbitsidni «Monsanto» xodimlari ixtiro qilgan va 1970 yillarda bozorga chiqargan.
2005 yilning mart oyida “Monsanto” sabzavot va mevalar urug‘ini yetishtirishga ixtisoslashgan yirik urug‘chilik kompaniyasi “Seminis”ni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. 2007-2008 yillar ichida dunyodagi 50 ta urug‘chilik kompaniyasini “yutib” yuboradi va bu ishi uchun jiddiy tanqidga uchraydi. Jamoatchilik va OAV uni bioqaroqchilik va sayyoraning bioturlanishiga xavf solayotganlikda ayblaydi.
1960 yillarda “Monsanto” ishlab chiqqan o‘simliklarni defoliatsiya qilishda qo‘llaniladigan «Agent Oranj» Vetnam urushida kimyoviy qurol sifatida ishlatiladi. Buning uchun 1984 yil kompaniya amerikalik Vetnam urushi veteranlariga kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘ladi. Vetnam jamoatchilik vakillari tarqatgan xabarga ko‘ra, dioksindan zaharlangan uch million vetnamlikning bir milliondan ortiq avlodi 2008 yilga kelib, o‘n sakkiz yoshida tug‘ma nogiron bo‘lib qolgan. Ammo kompaniya vetnamlik jabrdiydalarga kompensatsiya to‘lashdan bosh tortgan. O‘sha kezlarda kompaniyaning Anniston shahrida joylashgan zavodi AQSHning polixlor bifenil ishlab chiqarish bo‘yicha eng katta zavodi hisoblangan. Zavod qirq yil davomida shahar ichidan oqib o‘tadigan daryoga zaharli chiqindilarini oqizib kelgan. Buning oqibatida shahar aholisi yoppasiga o‘la boshlagan. 2002 yil sud “Monsanto”ga shahardagi zaharlanib o‘lganlar oilasiga hamda kasallikka chalinganlarga 700 million dollar kompensatsiya to‘lashni yuklagan. Da’vogarlar shahar aholisidan 20 000 kishi edi.
1982 yil “Monsanto”ning bir guruh tadqiqotchilari (Robb Fraley, Robert Horsch, Ernest Jaworski, Stephen Rogers) fanda birinchilardan bo‘lib o‘simliklarning genetik transformatsiyasini amalga oshirdi. Ana shu ixtirosi uchun 1998 yil AQSHning Texnologiya uchun milliy medali bilan taqdirlandi.
1987 yil “Monsanto” ilk bora genetik modifikatsiya qilingan o‘simliklarni dala sharoitida tajriba qilib ko‘rdi.
1996 yil qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan soya va paxtaning genetik modifikatsiya qilingan urug‘i jahon bozoriga ilk daf’a olib chiqildi.
“Monsanto” – ko‘p yillik tadqiqotlari natijasida ma’lum ma’noda inson va hayvon organizmiga zarari bo‘lmagandek ko‘rinayotgan mahsulotlar yetishtirishga erishgan bo‘lsa-da, har doim genetik modifikatsiyaga qarshi bo‘lganlar tanqidiga uchrab keladi. Chunki kompaniya yetishtirgan mahsulotlar insonlarga hozircha zarar yetkazmayotgandek ko‘rinayotgani uni butkul ziyonsiz deb xulosa chiqarishga asos bo‘la olmaydi. Shu boisdan vaqti-vaqti bilan dunyo miqyosida kompaniya siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib turibdi. Jumladan, 2013 yilning 25 mayida “Monsanto” kompaniyasi va uning GMOlariga qarshi bo‘lib o‘tgan namoyishda 52 mamlakatning 436 shahridan 2 million odam ishtirok etdi. 2014 yilda ham xuddi shunday namoyish o‘tkazildi (https://ru.wikipedia.org/wiki/Monsanto_Company).
2015 yil Xalqaro rakni o‘rganish agentligi glifosat (“raundap” nomli butun dunyo bo‘yicha qo‘llaniladigan gerbitsid) moddasi ustidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasini e’lon qildi. Tadqiqot ishida bu modda 700 xildan ortiq, oziq-ovqat mahsuloti tarkibida mavjud ekani, bu ro‘yxatda non ham borligi ma’lum bo‘ldi. Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar glifosat DNKda mutatsiya chaqirishi, xromosomalarni zararlashi, rak paydo bo‘lishiga sharoit yaratishini ko‘rsatdi. Kompaniya buni rad etib, “Agar undan to‘g‘ri foydalanilsa,(?) inson salomatligiga zarar yetkazmaydi”, dedi.
(Davomi bor)
Damin JUMAQUL
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Ulamolar Kengashi yig‘ilishida hojilarning “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasidagi ko‘rsatmasiga asosan o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida o‘tkazildi.
Shu kuni Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov rahbarligida Peshku tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar imom-xatib, imom-noib, mahalla domlalari, otinoyilar, mutavallilar va nuroniy otaxonlar ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda imomlar mahallalardagi yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng 8 ta masjid imom-xatiblari nuroniylar bilan o‘zlariga biriktirilgan 37 ta mahallaga chiqib, 80 dan ortiq xonadon holidan xabar oldi. Jumladan, “Sadr” mahallasida yashovchi yuz yoshni qarshilagan mehnat faxriysi Ibrohim bobo Tohirovni ziyorat qildi. So‘ng “Mustaqillik” mahallasida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi, tadbirkor Barchinoy Avezova va boshqa ijtimoiy ko‘makka muhtojlarlar holidan xabar olinib, homiylar ishtirokida moddiy jihatdan ko‘mak berildi.
Shuningdek, tumandagi zamonaviy loyihalar asosida qurilgan 130 o‘rinli “Maxtoboy” maktabgacha ta’lim maskanida jajji bolalar bilan uchrashib, ularga xursandchilik ulashildi.
So‘ngra “Yangi bozor” mahallasida joylashgan “TJS MED” shifoxonsida davolanayotgan bemorlardan ko‘ngil so‘ralib, davolanish va dori-darmon uchun moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Kunning ikkinchi yarmida viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tumandagi Xo‘ja Rushnoi jome masjidida, tuman imom xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga muhim mavzularda ma’viza qilish barobarida jamoat bilan el-yurtimiz haqqiga duoi xayrlar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati