Duo qilish odoblari to‘g‘risida bilasizmi?
Qur’oni karimda “Parvardigoringiz: “Menga duo qilingiz, Men sizlar uchun (duolaringizni) ijobat qilay!” – dedi. Albatta, Menga ibodat qilishda kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar” (G‘ofir, 60) deyilgan.
Janob Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qiladilar: “Biror musulmon Allohga duo qilsa, Undan ma’siyatni va qarindoshlik aloqasini uzishni (so‘ramasa), Alloh unga uch narsadan birini beradi. Yo duosi tezda ijobat bo‘ladi, yoki oxiratga zaxira qilib (saqlab) qo‘yadi. Yoxud duosi barobarida undan yomonlikni ketkazadi”. Sahobalar: “Unday bo‘lsa (duoni) ko‘paytiramiz”, deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh (mukofotini) ham ko‘paytiradi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Duoning odoblari ushbulardir:
Hadisi sharifda: “Duo ibodatning iligidir”, deyilgan. Demak, biz duo qilish orqali savobga erishamiz va gunohlarimiz mag‘firat qilinadi.
“So‘ragan edingiz” kitobi asosida tayyorlandi
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yil 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Ulamolar Kengashi yig‘ilishida hojilarning “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasidagi ko‘rsatmasiga asosan o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Buxoro viloyati Peshko‘ tumanida o‘tkazildi.
Shu kuni Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov rahbarligida Peshku tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar imom-xatib, imom-noib, mahalla domlalari, otinoyilar, mutavallilar va nuroniy otaxonlar ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda imomlar mahallalardagi yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng 8 ta masjid imom-xatiblari nuroniylar bilan o‘zlariga biriktirilgan 37 ta mahallaga chiqib, 80 dan ortiq xonadon holidan xabar oldi. Jumladan, “Sadr” mahallasida yashovchi yuz yoshni qarshilagan mehnat faxriysi Ibrohim bobo Tohirovni ziyorat qildi. So‘ng “Mustaqillik” mahallasida istiqomat qiluvchi birinchi guruh nogironi, tadbirkor Barchinoy Avezova va boshqa ijtimoiy ko‘makka muhtojlarlar holidan xabar olinib, homiylar ishtirokida moddiy jihatdan ko‘mak berildi.
Shuningdek, tumandagi zamonaviy loyihalar asosida qurilgan 130 o‘rinli “Maxtoboy” maktabgacha ta’lim maskanida jajji bolalar bilan uchrashib, ularga xursandchilik ulashildi.
So‘ngra “Yangi bozor” mahallasida joylashgan “TJS MED” shifoxonsida davolanayotgan bemorlardan ko‘ngil so‘ralib, davolanish va dori-darmon uchun moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Kunning ikkinchi yarmida viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tumandagi Xo‘ja Rushnoi jome masjidida, tuman imom xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga muhim mavzularda ma’viza qilish barobarida jamoat bilan el-yurtimiz haqqiga duoi xayrlar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati