Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidida davom etayotgan Qur’on musobaqasi o‘zining eng hayajonli va shukuhli onlariga kirib bormoqda. Ushbu musobaqada respublika bosqichiga chiqish uchun tuman bosqichlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan 16 nafar qori, 9 nafar qoriya jiddiy harakat qilishmoqda.
O‘z navbatida, Haq taolo kalomiga some’ bo‘laman, deb kelgan muxlislar ham o‘zlari uchun juda ko‘p manfaatlar olishmoqda. Zero maqsadimiz ham shu, ya’ni Qur’on haqida kishilarga ma’rifat taratish, Qur’onga muhabbat uyg‘otish, musulmon yoshlarni Qur’onga qiziqtirish, iqtidorli qorilarni taqdirlash, qorilar sifati va sonini oshirish, saviyalarini yukasaltirish, yurt va xalqni dunyoga tanitish kabilardan iboratdir.
Bizning muslim.uz portali va ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring. Eng xushovoz qorilarning huzurbaxsh tilovatlaridan bahramand bo‘lishga barchani chorlaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kurslari faoliyati tizimli ravishda takomillashtirilmoqda.
Jumladan, shu yil 23 aprel kuni "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limida Respublikadagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kurslarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va mas’ul xodimlari uchun ZOOM platformasi orqali suhbat tashkil qilindi.
Suhbat davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov yurtimizda olib borilayotgan diniy sohadagi islohotlar, jumladan, Qur’on ta’limiga e’tibor haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Bo‘lim mudiri Ustoz Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum Qur’oni karim fazilatlari haqida ma’ruza qilib, o‘qituvchi va mas’ul xodimlarga Qur’on ta’limi xususida kerakli tavsiyalarni berdi.
alquranuz