Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

Jizzax viloyati Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichi g‘oliblari

17.02.2018   6705   1 min.
Jizzax viloyati Zomin tumanida bo‘lib o‘tgan viloyat bosqichi g‘oliblari

Hifz yo‘nalishi

18-25 yosh

  1. Ansoriddin Mamarasulov (Jizzax shahri)
  2. Xudoyor Is'hoqov (Sharof Rashidov tumani)
  3. Muzaffar Dovudov (Paxtakor tumani)

26-40 yosh

  1. Abdulhamid Saidazimov
  2. Yo‘lchi Mamatmurodov
  3. Izzatulloh Otaboyev 

Tilovat yo‘nalishi

18-25 yosh

  1. Anvar Qosimov (Sharof Rashidov tumani)
  2. Husan Xidirboyev (Zomin tumani)
  3. Hamid Abrorov (Jizzax shahri)

26-40 yosh

  1. Muhammad Raimjonov (Jizzax shahri)
  2. Hamzabek Dadayev (Sharof Rashidov tumani)
  3. Abdusamad Mirzayev (Baxmal tumani)

AYOLLAR

Tilovat yo‘nalishi

18-25 yosh

  1. Nafisa Mamirova (Sharof Rashidov tumani)
  2. Kamola Qodirova (Jizzax shahri)
  3. Nafisa Otaboyeva (Zomin tumani)

 26-40 yosh

  1. Yorqinoy Bozorova (Sharof Rashidov tumani)
  2. Dilfuza Mamatqulova (Jizzax shahri)
  3. Madina Egamnazarova (Sharof Rashidov tumani

G‘oliblarga diplom va sovg‘alar taqdim etildi.

O‘zbekiston Qur’on musobaqasining saralash bosqichlarini “muslim.uz” portali hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatib boring.

O‘MI Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Har qanday qoraning ichida oq bor

04.07.2025   1716   4 min.
Har qanday qoraning ichida oq bor

Bismillahir Rohmanir Rohiym

ismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Qavming yangi musulmon bo‘lmaganida...

Oisha onamiz roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan Hijri Ismoil haqida so‘radilar:

- Ey Allohning Rasuli! U ham Ka’badanmi?

- Ha, u ham Ka’badan!

- Nima uchun uni Ka’baning ichiga kiritishmagan?

- Chunki o‘shanda qavmingning nafaqasi yetmay qolgan!

- Nega Ka’baning eshigi baland qurilgan?

- Qavming o‘zi istaganiga Ka’baga kirishga ruxsat berib, istamaganiga ruxsat bermaslik uchun! So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallam yana dedilar:

Agar qavming yangi musulmon bo‘lmaganida va ularning qalbi inkor qilishidan qo‘rqmaganimda, Ka’bani buzishga amr qilar va undan chiqarilgan narsalarni yana uning ichiga kiritib, boshqatdan qurar edim. Uni yerga barobar etib, ikki eshik qilardim. Biri sharqiy tomonida, ikkinchisi g‘arbiy tomonida. Uni Ibrohim alayhissalomning poydevoriga yetkazardim!

Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhumo Hijozda hukmronlikni qo‘lga kiritgach, xolasi Oisha onamiz unga yuqoridagi hadisni aytib berdilar. U Ka’bani buzib Ibrohim alayhissalomning davridagidek qilib qurdi. So‘ngra Hajjoj Abdulloh ibn Zubayrni qatl etgach, Ka’bani buzib, yana Quraysh mushriklari davridagidek qilib qurdi.

Abbosiylardan Abu Ja’far Mansur xalifa bo‘lgach, Ka’bani buzib, yana Ibrohim alayhissalom davridagidek qilib qurmoqchi bo‘ldi. Bu to‘g‘risida imom Molik rohimahulloh bilan maslahat qildi. Imom Molik rohimahulloh unga dedilar:

- Menimcha, uni hozirgi holida qoldirganing yaxshi. Yo‘qsa, Ka’ba podshohlar o‘rtasida o‘yinga aylanadi!

Bizga kerakli nuqta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Qavming yangi musulmon bo‘lmaganida edi...» degan gaplaridir!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizga bugungi Ka’bani Ibrohim alayhissalom davridagi Ka’ba emasligini, uni buzishni, Ibrohim alayhissalom qanday qurgan bo‘lsalar, shunday qilib qayta qurishni istayotganlarini aytyaptilar. Ammo Fathdan so‘ng islomga yangi kirgan qurayshliklarning iymonidan xavfsirayaptilar. Bu u zotning chiroyli siyosatlarini, foyda bilan zararning rioyasini qilganlarini anglatadi!

Islomda zararni daf qilish foyda keltirishdan oldinda turadi. Masalan, bir to‘g‘ri ish bor. Ammo uni qilsangiz, ortidan zarar keladi. Yaxshisi, uni qilmasligingiz kerak. Ana shu narsa muhim bir hayot darsidir!

Gohida bir qizni boshqa bir munosib bo‘lmagan kishiga turmushga berib zulm qilib qo‘yamiz. U qizimiz turmush o‘rtog‘i bilan yashay olmaydi. Undan ajralishga harakat qiladi. Bu unga foydali bo‘lib ko‘rinadi. Ammo bu ajralishdan o‘rtadagi farzandlar uvol bo‘lishi mumkin. Ona farzandlarini o‘zi bilan olib keta olmaydi yoki ularni tashlab ham keta olmaydi. Ana shunaqa paytda savob umidida uni sabrga chaqiriladi, ajralishga undalmaydi. Chunki ajralishda bir kishiga manfaat, ammo bir necha kishiga zarar bor!

Hayotdagi barcha ishlarni shunga qiyos qiling. Hayotda hamma narsa bir xil emas. Bir narsa ziyoda bo‘ladi, yana bir narsa ikkita narsaga teng bo‘ladi. Bu hayot chigal. Bunda har qanday oqning ichida qora bor. Har qanday qoraning ichida esa oq bor. Oqil inson o‘zidagi ko‘p oqni saqlab qolish uchun ozgina qorani qabul qiladi.

Umar roziyallohu anhu ajoyib gap aytganlar: «Yomondan yaxshini ajratib olgan inson ziyrak emas, ikkita yomondan yaxshisini ajratib olgan inson ziyrakdir».

Hayot bizni gohida ikkita achchiq narsadan birini tanlashga majbur qiladi. Zakiy inson to‘g‘ri amalda bo‘lgan, yaqinlashib yurgan va foyda bilan zarar o‘rtasini solishtira oladigan kishidir. Haq deb hamma narsa aytilavermaydi!


«Nabaviy tarbiya» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar