Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika Qur’on musobaqasi Toshkent shahrida yaqin kunlarda boshlanadi.
O‘MI Toshkent shahar vakilligi tomonidan musobaqaning dastlabki saralash bosqichi o‘tkaziladigan joylar haqida ma’lumot berildi.
Toshkent shahri bo‘yicha musobaqaning tuman bosqichlarida jami 486 kishi ishtirok etadi. Ulardan 302 erkak, 184 ta ayol-qizlar tashkil etadi.
Erkaklar
“Ko‘kcha” masjidi 13fevral 9:00da;
Ayollar
“Mumtoz” to‘yxonasi 13 fevral 10:00da.
Erkaklar
“Minor” masjidi 14 fevral soat 9:00da;
Ayollar
“Osiyo” to‘yxonasi 10:00da.
Erkaklar
“Xolid ibn Valid” masjidida 14 fevral soat 9:00da;
Ayollar
“Yakkasaroy” to‘yxonasi, 14 fevral, soat 10:00da.
Erkaklar
“Bisyor” to‘yxonasi, 14 fevral, soat 9:00da;
Ayollar
“Bisyor” to‘yxonasi, 15 fevral, soat 9:00da.
Erkaklar
“Hazrati Imom” masjidi, 15 fevral, soat 9:00da;
Ayollar
“Farovon” to‘yxonasi, 14 fevral, soat 10:00da bo‘lib o‘tadi.
Qur’on musobaqasini portali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib boring.
O‘MI Matbuot xizmati
Savol: Chatgpt (sun’iy intellekt) orqali diniy savollarimizga javob olsak bo‘ladimi, shu javoblarga amal qilsak bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu joiz emas. To‘g‘ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois shar’iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor. Alloh taolo oyati karimada bunday marhamat qilgan:
فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
“Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahlidan so‘rangiz!” (Anbiyo surasi, 7-oyat).
Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o‘sha sohaning «zikr ahli»dan o‘rganishi lozim bo‘ladi. Shunday ekan, e’tiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan so‘rash talab etiladi. Buyuk tobeiy Ibn Sirin rahimahulloh bunday deganlar:
إن هذا العلم دين فانظروا عمن تأخذون دينكم. رواه مسلم
“Albatta, bu ilm dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qaranglar” (Imom Muslim rivoyati).
Mazkur iboraning sharhida Mulla Ali Qori rahimahulloh bunday deganlar:
“Bu ilm” so‘zidan murod Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga olib kelgan Qur’oni karim va hadisi sharifdan iborat bo‘lgan ta’limotdir. Uni ishonchli va adolatli zotlardan olmoqdamisiz yoki yo‘q, shunga nazar solinglar, ya’ni qayerdan, kimdan ilm olayotgangizni aniq bilinglar”. (“Mirqotul mafotih” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.