Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Fevral, 2025   |   8 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:08
Quyosh
07:28
Peshin
12:42
Asr
16:05
Shom
17:50
Xufton
19:05
Bismillah
07 Fevral, 2025, 8 Sha`bon, 1446

Islom akademiyasi doktorantlarni qabul qilishni boshladi

8.02.2018   7304   1 min.
Islom akademiyasi doktorantlarni qabul qilishni boshladi

O‘zbekiston Islom akademiyasi tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 dekabrdagi “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3433-sonli qarori ijrosiga muvofiq, respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarini yuqori malakali ilmli kadrlar bilan ta’minlash, tayyorlanayotgan mutaxassislarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, qur’onshunoslik, hadisshunoslik, tafsir va fiqh, kalom ilmi yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Islom akademiyasi tayanch dok­torantura, doktorantura va mustaqil ilmiy izlanuvchilar uchun tanlov e’lon qiladi.

Islom tarixi va manbashunosligi, qur’onshunoslik, hadisshunoslik, tafsir va fiqh, kalom ilmi, ilohiyot yunalishlaridagi fan sohalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish istagi bo‘lgan nomzodlar Toshkent shahri, O‘zbekiston Milliy universiteti, «V» bino, 2-qavatda joylashgan O‘zbekiston Islom akademiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Hujjatlar 2018 yilning 20 fevraliga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekiston Islom akademiyasi Ilmiy kengashining 2018 yil 25 yanvardagi 1-sonli yig‘ilishi qaroriga muvofiq tayanch doktoranturaga tanlov imtihonlari 2018 yil fevral oyi oxiriga qadar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Islom akademiyasi ma’muriyati

Murojaat uchun manzil: 100174, Toshkent shahri,
Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zMU. «V» bino,
2-qavat. Tel.: (0-371) 227-15-48.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi

6.02.2025   3606   1 min.
Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va boshqa maqsadlarda borgan yurtdoshlarimiz bilan samimiy muloqot qilish, ular bilan dildan gaplashish, ma’rifiy suhbatlar qilib berish maqsadida ayni kunlarda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov mazkur mamlakatda bo‘lib turibdi.

Dastlab Moskva viloyati Odinsovo shahridagi "Monotek" mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish shirkatida ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan, so‘ngra Moskva shahridagi "AntYapi" mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish firmasida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan samimiy muloqot qildi.

Vatandoshlarimiz ma’rifiy suhbatlar asnosida Abduqahhor domladan o‘zlarini qiziqtirgan diniy va boshqa mavzulardagi savollarga atroflicha javoblar oldi.

Bosh imom vatandoshlarimizga qayerda bo‘lsa ham yurtimiz sha’nini baland tutishni, aqidasi buzuq har xil oqimlarga qo‘shilib qolmaslik zarurligini alohida ta’kidladi. 

Xizmat safari  Sankt-Peterburg shahrida davom etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi Bosh imom vatandoshlar bilan uchrashdi
O'zbekiston yangiliklari