O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari maoshini oshirishga buyruq berdi.
28 yanvar kuni Chiroqchi tumanida prezident rahbarligida Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati tanqidiy baholar asosida tahlil etildi. Mavjud muammolar ochiq gapirildi, mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Prezident Qashqadaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ham nazar tashlab, bu tizimdagi ishlar va istiqboldagi rejalar haqida gapirdi.
“Qashqadaryo viloyatida ta’lim sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash zarur. Umuman maktabgacha ta’lim muassasalari e’tibor berilmasdan, chetda qolib ketgan edi. Bugungi kunda viloyatdagi bog‘cha yoshidagi bolalarning 24 foizi ta’lim bilan qamrab olingan. Ayniqsa, Dehqonobod tumanida bolalarning 6-9, Yakkabog‘ tumanida 15 foizi qamrab olingan xolos.
Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, joriy yildan boshlab qishloq joylarda bir bola uchun to‘lov narxi 90 ming so‘mdan 60 ming so‘mga kamaytirildi. Ikki va undan ko‘p bolasi bog‘chaga boradigan oilalar uchun har bir bolaga to‘lanadigan 82 ming so‘mlik to‘lov qiymati 48 ming so‘mga tushirildi. Bugungi kunda bog‘cha xodimlarining maoshi kam. Shu sabab Moliya vaziri Qo‘chqorovga ikki hafta ichida bog‘cha xodimlarining maoshi 30 foizga oshirish to‘g‘risida qaror loyihasini topshirish vazifasi yuklatiladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning ta’kidlashicha, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Mirishkor, Dehqonobod, Koson va G‘uzor tumanlarining chekka qishloqlarida besh yil maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘lov miqdori 50 foizga kamaytirib berilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
“Odamlarning daromadi yo‘q. Shuning uchun bunday qiyinchilik bo‘lmasdi. Bu yilda viloyatda qo‘shimcha 371ta MTM tashkil etiladi. Men bugun Shahrisabz shahridagi tashkil etilgan ingliz tilini o‘rgatuvchi nodavlat bog‘chasini borib ko‘rdim. Men ulardan roziman, ularga nima yordam kerak bo‘lsa beramiz. Agar Qashqadaryoda bu yilning o‘zida 371ta MTM qurilsa, bilasizlarmi qanchadan qancha ota-ona bizdan rozi bo‘ladi? Bolasi u yerda uch mahal ovqat yeydi, bitta til o‘rganadi. Ma’naviyat, Vatanga muhabbat aynan shunday boshlanadi”, deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan “Kun.uz” muxbiri.
O‘MI Matbuot xizmati
Hadis ilmi maktabi qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursida tahsil olgan 51-davra tinglovchilari uch oylik saboq olish mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Shu munosabat bilan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda Hadis ilmi maktabi mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, tinglovchilarga Qur’on tilovati va ilm yo‘lida lozim bo‘ladigan muhim tavsiyalarini berishdi.
Shuningdek, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursining navbatdagi 57-davra mashg‘ulotlari ham yakunlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati