Prezidentimiz Shavkt Mirziyeyov Qashqdaryoga qilgan tashrifi chog‘ida, Shahrisabz shahrida davlat sherikligi asosida tashkil etilgan “Vunderkind” (Bilimdon bolalar) nomli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar beradi O‘zA.
Ingliz tili va kompyuter bilimlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan mazkur nodavlat bog‘chada maktabgacha ta’limda bola shaxsini rivojlantirishga qo‘yiladigan davlat talablarining asosiy yo‘nalishlari qamrab olingan. Har bir qavatdan kichkintoylarning intellektual, estetik va jismoniy salohiyatini o‘stirish uchun unumli foydalanilgan.
Birinchi qavatda musiqa va raqs, sport zallari, shaxmat-shashka xonasi, mo‘jaz qo‘g‘irchoq teatri joylashgan. Ikkinchi qavatda ovqatlanish, tibbiyot xonalari mavjud. Uchinchi qavatda maktabga tayyorlov guruhi va kichik yoshdagi guruhlar uchun mashg‘ulot xonalari, 2 ta yotoqxona o‘rin olgan. Hovlidagi o‘yin maydonchasi turli attraksionlar bilan jihozlangan.
Prezidentimiz muassasada yaratilgan sharoitni yuksak baholadi. Mazkur bog‘cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, bog‘cha mudirasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofot sovrindori Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobil sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Axborot agentligining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yerda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi taqdimoti bilan ham tanishgan.
O‘MI matbuot xizmati
Hadis ilmi maktabi qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursida tahsil olgan 51-davra tinglovchilari uch oylik saboq olish mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Shu munosabat bilan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tadbirda Hadis ilmi maktabi mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, tinglovchilarga Qur’on tilovati va ilm yo‘lida lozim bo‘ladigan muhim tavsiyalarini berishdi.
Shuningdek, "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti qoshidagi "Qur’oni karim va tajvid" o‘quv kursining navbatdagi 57-davra mashg‘ulotlari ham yakunlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati