Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2025   |   19 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
17 May, 2025, 19 Zulqa`da, 1446

Alloh taoloning har bir ismi shifodir

18.01.2018   66688   5 min.
Alloh taoloning har bir ismi shifodir

Musulmon olimlari dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar

Biogeometriya sohasidagi mashhur olim, ushbu fanni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan, Shvetsariya universiteti professori, doktor Ibrohim Karim Alloh taoloning go‘zal ismlari insonning ichki a’zolariga ta’sir ko‘rsatib, ko‘plab kasalliklarni davolashini kashf etdi.

U Alloh taoloning go‘zal ismlari insonning immunitet tizimining samarali faoliyat ko‘rsatib, qaysi ism necha bor takror aytilsa, qaysi kasallikka shifo bo‘lishini kashf etdi.

U rezonans vositasida (ovoz to‘lqinlari haqidagi fan) Alloh taoloning har bir ismi tilga olinganda tanadagi energiya quvvati qanchalik faol harakatlana boshlashini aniqladi.

Uch yillik jiddiy tadqiqotlardan keyin u quyidagi xulosaga keldi:

  • Quloq og‘rig‘i va og‘irligiga Alloh taoloning “AS-SAMI’” (“Har bir narsani eshituvchi”) ismi 211 marta o‘qiladi.
  • Umurtqa pog‘onasi va uning xastaligidan (osteoxondroz) qutulish uchun “AL-JABBOR” (“Oliy qadar, ulug‘, Uning oldida o‘zgalar o‘zini xor tutadi”) ismini o‘qib yurish odat qilinadi.
  • Soch va uning jonsizligi muammosida “AL-BADI’” (“O‘xshashi yo‘q narsalarni keltiruvchi”) ismi 117 marta o‘qiladi. 
  • Mushaklardagi og‘riqlarga qarshi “AL-QOVIY” (“Quvvatli Zot”) ismi 147 marta o‘qiladi. 
  • Yurakning mushaklari shifosi uchun “AR-RAZZOQ” (“Ko‘plab rizq beruvchi”) ismi 339 marta o‘qiladi.
  • Arteriya va qon tomirlarida “AL-JABBOR” (“Oliy qadar, ulug‘, Uning oldida o‘zgalar o‘zini xor tutadi”) ismi 237 marta o‘qiladi.
  • Saratonga qarshi “JALIL” (“Sifatlarida ulug‘likka ega bo‘lgan Zot”) ismi 102 marta o‘qiladi.
  • Burun yo‘li xastaliklarida “AL-LATIF” (“O‘ta lutf ko‘rsatuvchi. Barcha narsalarning nozik va daqiq joylarigacha biluvchi”) ismi 16 marta;
  • “AL-G‘ANIY” (“Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi”) ismi 1091 marta;
  • “AR-ROHIYM” (“Latif ne’matlarni beruvchi”) ismi 289 marta o‘qiladi.
  • Suyak kasalliklarida “AN-NOFI’” (“Manfaat beruvchi”) 232 marta aytiladi.
  • Tizza va bo‘g‘im kasalliklarida “AR-RO’UF” (“O‘ta shafqatli va mehribon”) ismi 318 marta o‘qiladi.
  • Qazg‘oq va soch kasalliklarida “ZUL JALALI VAL IKROM” (“Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi”) ismi 102 marta o‘qiladi.
  • Yurak arteriyasida “AL-VAHHOB” (“Ko‘plab ne’matlarni behisob beruvchi”) ismi 45 marta o‘qiladi.
  • Asab xastaliklari 1131 marta “AL-MUG‘NIY” (“Behojat qiluvchi. U Zot O‘z bandalaridan qay birini xohlasa, behojat qilib qo‘yadi”) ismini aytish bilan shifo topadi.
  • Bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lish uchun “AL-G‘ANIY” (“Behojat. Uning hech kim va hech narsaga hojati tushmaydi”) ismi 1091 marta o‘qiladi.
  • Ko‘z og‘rig‘ida “AN-NUR” (“O‘zi zohir va o‘zgalarni zohir qilgan”) 287 marta;
  • “AL-BASIR” (“Har bir narsani ko‘ruvchi”) 333 marta;
  • “AL-VAHHOB” (“Ko‘plab ne’matlarni behisob beruvchi”) 45 marta o‘qiladi.
  • Oshqozon osti bezida kasallanganda “AL-JABBOR” (“Jabbor – oliy qadar, ulug‘, Uning oldida o‘zgalar o‘zini xor tutadi”) ismi 237 marta o‘qiladi.
  • Oshqozon og‘riganda “AR-RAZZOQ” (“Ko‘plab rizq beruvchi”) ismi 379 marta aytiladi.
  • Buyrak bezovta qilsa “AL-HAYY” (“Tirik. U tirikdir, o‘lmas. Ya’ni Allohning hayoti abadiydir, o‘lim ila yo‘q bo‘lmas. Shuningdek, Allohning hayoti azaliydir, oldindan yo‘q bo‘lgan emas”) ismi 49 marta o‘qiladi.
  • Ichak kasalliklarida “AS-SOBUR” (“O‘ta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi”) 329 marta aytiladi.
  • Qand kasalligida “AL-BARR” (“Ulug‘ yaxshilik qiluvchi”) ismi 245 marta o‘qiladi.
  • Bachadonda og‘riq bo‘lsa “AL-XOLIQ” (“Xoliq – asli va o‘xshashi yo‘q narsalarni aniq bir o‘lchovlar bilan yaratuvchi. U Zotda maxluqi yo‘qligida ham Xoliqlik ma’nosi mavjuddir”) ismi 762 marta o‘qiladi.
  • Revmatizmda “AL-MUHAYMIN” (“Hamma narsani qamrab oluvchi, ya’ni Alloh bandalarining barcha holatlariga guvoh bo‘lib turadi, Undan hech narsa maxfiy qolmaydi”) ismi 176 marta; unga sabab bo‘luvchi bo‘qoq bezi kasalligida “AL-QOVIY” (“Quvvatli Zot”) ismi 147 marta o‘qiladi.
  • Ko‘z asablari kasalligida “AZ-ZOHIR” (“Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir – ustundir”) ismi 1137 marta o‘qiladi. 
  • Yuqori qon bosimidan Alloh taoloning “AL-HAFIZ” (“Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi”) ismini 1512 marta o‘qish bilan xalos bo‘linadi.
  • Qovurg‘ada og‘riq bo‘lsa, “AR-RO’UF” (“O‘ta shafqatli va mehribon”) ismi 283 marta o‘qiladi.
  • Ko‘z tomirlarida muammo bo‘lsa, “AL-MUTA’OLIY” (“Nuqsonlardan yuqori turuvchi Zot”) ismi 572 marta o‘qiladi.
  • Ichak tutilishida “AR-RO’UF” (“O‘ta shafqatli va mehribon”) ismi 318 marta o‘qiladi.
  • Jigar xastaliklarida “AN-NOFI’” (“Manfaat beruvchi”) ismi 232 marta o‘qiladi.
  • Prostatitdan Alloh taoloning “AR-ROSHID” (“To‘g‘ri yo‘lga irshod qiluvchi”) ismini 545 marta o‘qigan kishi shifo topadi.
  • Kista (jirovik – teri ostidagi yog‘ o‘smasi, lipoma) kasalliklariga qarshi "AN-NOFI’" (“Manfaat beruvchi”) ismi 232 marta aytiladi. 
  • Siydik yo‘li kasalliklariga qarshi Allohning “AS-SOMAD” (“Somad sifati ko‘p ma’nolarni o‘z ichiga oladi:

– itoat qilingan ulug‘ – Usiz hech bir ish bitmaydi;

– hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi;

– butun maxluqot bitib tugasa ham, O‘zi doim boqiydir va hokazo”) ismi 51 marta aytiladi.

  • G‘uddasimon bez kasalligi “AS-SOMAD” ismini 51 marta o‘qish bilan chekinadi.
  • O‘pka kasalligi Yaratuvchining “AR-RAZZOQ” (“Ko‘plab rizq beruvchi”) ismini 339 marta o‘qish bilan tuzaladi.

Robiya JO‘RAQULOVA tarjima qildi

Boshqa maqolalar

Allohning yordami yaqin

16.05.2025   1250   3 min.
Allohning yordami yaqin

Ibn Javziy rahimahulloh aytadi: “Bir ajoyib holat haqida fikr yuritdim: ba’zida mo‘minning boshiga bir ish tushsa, u astoydil duo qiladi, ammo duolarining ijobati ko‘rinmaydi. Umidsizlikka tushay deganda, uning qalbiga qaraladi. Agarda u Allohning fazlidan umidini uzmagani holda taqdiriga rozi bo‘lsa, duoning ijobati tezlashadi. Bu ma’nolar Alloh taolo nozil qilgan oyati karimada o‘z ifodasini topgan: «...Hatto Payg‘ambar va iymonli kishilar: “Allohning yordami qachon (kelar ekan)?» degan edilar. Ogoh bo‘lingki, Allohning yordami (hamisha) yaqindir”»[1].

Shunday holat Ya’qub alayhissalom bilan ham bo‘lgan. U zotning o‘g‘illari Yusuf alayhissalom dom-daraksiz yo‘qolib qolganida, kushoyish kelishidan noumid bo‘lmaganlar. Keyingi o‘g‘illari ham tortib olinganida, u zot Allohning fazlidan umidlarini uzmaganlari holda: «...Shoyadki, Alloh ularning (Yusuf, Binyamin va Misrda qolgan o‘g‘limning) barchalarini (bag‘rimga) qaytarsa...»[2], deganlar.

“Duoyimning ijobat bo‘lish muddati uzayib ketdi”, deb qayg‘urmang. Alloh taolo sizning tazarruingiz, yalinib-yolvorishlaringizni ko‘rishni iroda qilmoqda. Sizni qilgan sabringizga ajr ila mukofotlamoqchi. Siz shayton bilan jang qilishingiz uchun ham duoyingizning ijobatini kechiktirish ila sizni sinayapti.

Gohida Alloh taolo sizning aziymat, qat’iyatingiz naqadar quvvatli ekani va baloga qanchalik sabrli ekaningizni ko‘rish uchun ham dard berib imtihon qiladi. Agar sabr qila olsangiz, demak, siz itoatkor bandalar safidasiz. Bordi-yu, irodasizlik qilsangiz, ziyonkorlardan bo‘lasiz. Sabrdan keyin faqat va faqat yechim, yorug‘ kunlar bor.

Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu  anhu: “Sabr qilsang, ajrga ega bo‘lasan, baribir yozilgani bo‘ladi. Sabrsizlik qilsang, gunohkor bo‘lib qolasan, baribir yozilgani bo‘ladi”, deganlar.

Shoir aytadi:

Baloyu imtihon kelsa, alarga har on rizo ko‘rsat,
Sinov bergan sihatni ham O‘zi bergay aniq, albat.
Bandasiga ne hukm etsa, hikmati bor, itoat qil,
Bitganidan qutulmoqlik chorasizdir, bil, ey g‘ofil!
Noumidlik xanjarini ko‘kragingga urma ammo,
Ki Allohning qudratila yechilgaydir har muammo.

 Allohdan umidingizni uzmang. Sinovlarga sabr qiling, shundagina ulkan ajrlarni qo‘lga kiritasiz. Fazl ibn Sahl aytadi: “Kasalliklarda ne’matlar bor”. Bu borada quyidagilarga e’tiborli bo‘ling:

– gunohlardan tozalash;
– savobni qo‘lga kiritish;
– g‘aflatdan uyg‘onish;
– sog‘lik ne’matini eslab qo‘yish;
– tavbaga shoshilish.

Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Baqara surasi, 214-oyat.
[2]  Yusuf surasi, 83-oyat.