Avvalroq, 17 yanvar kuni Qur’on musobaqasining hududiy bosqichi Sirdaryo viloyatida davom etishi va unda ushbu hududdagi xushxon hofizi kalomullohlar, yoqimli qiroatlari bilan chiqishlarini davom ettirishlari haqida xabar bergan edik.
Guliston shahridagi “Osiyo” koshonasida davom etayotgan musobaqani kuzatish uchun yuzlab muxlislar kelishdi. Musobaqa ishtirokchilarini ushbu ulkan ahamiyatga ega tadbir bilan qutlash maqsadida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev tashrif buyurib, musobaqa g‘olib va sovrindorlariga esdalik sovg‘alarini ulashdi.
Shuningdek, viloyat hokimi musobaqaning eng nufuzli ishtirokchisi bo‘lmish ko‘zi ojiz, biroq qalb "ko‘zi" ochiq qoriga hokimlikning diplomi va qimmatbaho sovg‘asini topshirdi.
O‘MI Matbuot xizmati
Kecha, 6 may kuni Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasida “Yilning eng yaxshi islom tarixi o‘qituvchisi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, viloyat bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, hay’at a’zolari, ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagog-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar 4 ta shart bo‘yicha bahs olib bordi. Ularning chiqishini malakali hakamlar hay’ati baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Muhammadyahyoxon Mahmudov 1-darajali diplom, “Haj” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan mukofotlandi.
2-o‘rin: Toshkent islom instituti o‘qituvchisi Xalilulloh Yusupov, 2-darajali diplom, “Umra” safari yo‘llanmasi va smart televizor bilan taqdirlandi.
3-o‘rin: Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi Sanjar Berdiyevga 3-darajali diplom va zamonaviy muzlatgich taqdim etildi.
Tanlovning qolgan 10 nafar ishtirokchisiga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Aytish joizki, ushbu tanlov O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari o‘rtasida har yili o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati