Shu kunlarda Vladikavkaz shahridagi masjidda qorilar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada muftiylik vakillari, jumladan, Shimoliy Osetiya muftiysi Xajimurat Gatsalov ishtirok etgani haqida xabar berildi.
Musobaqada 20 kishi ishtirok etgan. Ishtirokchilar Shimoliy Osetiyaning turli hududlaridan kelishgan. Qorilar ikki guruhga ajratilgan bo‘lib, birinchi guruhda madrasa va o‘quv muassasalarida ta’’lim olganlar o‘zaro kurashgan bo‘lsa, ikkinchi guruhda o‘qishni masjid imomi yordamiga o‘rganganlar bellashgan.
Birinchi guruhda ardonlik Muhammad Gulyayev g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi guruhda kizryallik Alixan Abrekov eng yaxshi deb topildi. Boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqdangani aytib o‘tilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Shu yil 23 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahar va viloyatlar vakilliklarining huquqshunoslari, kadrlar masalalari bo‘yicha mutaxassislari uchun onlayn seminar-trening o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov, Huquqshunoslik bo‘limi mudiri v.b. Jahongir Xotamov va Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha nutq qildilar. Jumladan, diniy tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini barcha mas’ul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga to‘liq yetkazish, mehnat qonunchiligiga oid hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va mas’ul xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, diniy soha xodimlarini qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib borish, kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlar almashinuvini to‘liq tizimlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘z vaqtida hisobot taqdim etish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish kabi masalalarga ham urg‘u qaratildi.
Yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar javob berish barobarida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati