2018-yildan boshlab "Odoblar xazinasi" ko‘rsatuvi yangicha shaklda tasvirga olinib, efirga uzatilmoqda. Ko‘rsatuvning mazkur sonida eng muhim islomiy ahkomlardan biri tavba qilish masalasida yurtimizning yetakchi ulamolari so‘z yuritganlar. Ko‘rsatuv mobaynida Qur’oni karim oyatlari va Hadisi shariflarning tub ma’nolari tushuntirib berilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".
Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.