“Ular (Rahmonning suyukli bandalari) yolg‘on guvohlik bermaslar va behuda (so‘z yo ish) oldidan o‘tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (undan yuz o‘girgan holda) o‘tarlar.” (Furqon, 72).
“... Bas, butlardan iborat najosatdan uzoqlashib, yolg‘on so‘zdan ham chetda bo‘lingiz!” (Haj, 30).
Abu Bakra (roziyallohu anhu) aytdi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi?” – deb uch martaba so‘radilar. Sahobiylar: “Ey Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam), aytib bering”, deyishdi. “Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish”, dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shu vaqtda yonboshlab o‘tirgan edilar, keyin yaxshilab o‘tirib oldilar-da: “Ogoh bo‘linglar! Ana o‘sha katta gunohlardan biri yolg‘on gapirmoq, tuhmat qilmoqdir”, dedilar. Ushbu oxirgi so‘zlarini shunchalik ko‘p takrorladilarki, men ichimda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) charchadilar, endi gaplarini to‘xtatsalar ham bo‘lardi, dedim” (Imom Buxoriy).
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi. “Nabiyyi muhtaram (sollallohu alayhi va sallam): “To‘g‘riso‘z bo‘linglar, chunki to‘g‘riso‘zlik yaxshilikka boshlaydi. Bu yaxshilik esa jannatga olib boradi. Kishi rost gapiraversa, Alloh taolo huzurida to‘g‘riso‘z deb yoziladi. Yolg‘on gapirishdan saqlaning, chunki yolg‘on gapirish buzuqlikka boshlaydi, buzuqlik esa do‘zaxga olib boradi. Kishi yolg‘on gapiraversa, Alloh huzurida yolg‘onchi, deb yoziladi”, deganlar” (Imom Buxoriy).
O‘MI Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.