Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Yanvar, 2025   |   24 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:41
Peshin
12:40
Asr
15:48
Shom
17:32
Xufton
18:49
Bismillah
24 Yanvar, 2025, 24 Rajab, 1446

Har bir hodisa Alloh irodasi ila bo‘lajak

26.12.2017   5449   8 min.
Har bir hodisa Alloh irodasi ila bo‘lajak

Ulug‘ hikmat sohibi Alloh taolo «Josiya» surasining 3-oyati karimasida marhamat qiladiki:

« Albatta, osmonlaru yerda mo‘minlar uchun oyat(belgi)lar bordir».

Ushbu oyati karimaga muvofiq, tabiatdagi tirik organizmlarning hayot kechirishiga tafakkur nazarimiz bilan qarasak, quyidagi bog‘lanishni ko‘rishimiz mumkin:

bir joyda yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi;

bir joyda yashaydigan organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bo‘ladi; (parazitlik, yirtqichlik).

bir joyda yashaydigan organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham foyda oladi.

Uchinchi holat bo‘yicha fikr yuritsak. Bir joyda yashash ikkala organizm uchun ham foydali bo‘lish holati «mutualizm» (lotincha «mutus» – o‘zaro) deyiladi.

Masalan, mikoriza zamburug‘lari o‘simliklarning ildizlariga yashay turib, ularning ildizlariga fosfor va mineral moddalarni yetkazib beradi. O‘z navbatida zamburug‘lar ham, ildizlardan uglerod va boshqa organik moddalarni oladi. O‘rmonlarda yog‘och qipiqlari bilan oziqlanib yashaydigan chumolilarning (termit) ayrimlarining ichida bir hujayrali xivchinli sodda hayvonlar yashaydi. Ushbu chumolilar organizmida o‘sha yog‘och qipiqlarini parchalovchi fermentlar  yo‘qligi sababli, bu vazifani bir hujayrali xivchinlilar bajaradi. Ya’ni yog‘och qipiqlarini parchalovchi fermentlarni xivchinlilar ajratadi. Chumolilarning xivchinlilarsiz yashay olmasligi-yu, xivchinlilarning ham, faqat o‘sha chumolilarning ichagida yashashga «mahkumligi» haqida nima deyishimiz mumkin? Bunday holatni Ulug‘ va hikmatli Yaratguvchining xohishi va izni irodasisiz yuzaga kelishi, mutlaqo mumkin emasligini har qanday insofli odam yaxshi anglaydi.

Beda ildizida istiqomat qiladigan maxsus bakteriyalar oziqlanishi natijasida,  bog‘lanmagan azot o‘g‘itga aylanadi. Demak, bakteriyalarning o‘z “nafsini qondirishi” yashil o‘simliklarning yashashiga, yashnashiga eng muhim omil hisoblanadi.

Insonni tafakkurga chorlaydigan alomatlardan biri – chuchuk suvda kun kechiradigan ayrim baliqlar tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli-tishsizning mantiya bo‘shlig‘iga qo‘yar ekan. Baliq tuxumlari chig‘anoq himoyasida bo‘lib, unga hech qanday zarar keltirmaydi. Ular bu yumshoq tanlidan faqat yashash joy sifatida foydalanadi. Ajabo! Bu baliqlarga bunday antiqa usulda tuxumlarini “ijaraga” qo‘yishni kim o‘rgatdi ekan?

Akulalar ham tishlarini antiqa usulda tozalashar ekan, ular o‘ljalarini yeb bo‘lgandan so‘ng suv yuzasiga chiqib, og‘izlarini ochib turishar ekan. Buning hikmati shunday ekanki, tishlaridagi ovqat qoldiqlarini loyxo‘raklar «ishtaha bilan» tozalab quyishar ekan.

Ajabo! Bunday uslubdagi ovqatlanishni loyxo‘raklar kimdan o‘rgana qolibdi?

Va yana aksincha, begemotlar ham  oziqlanib bo‘lishgach, yirik suv havzalariga tushib oladi. Ular bahaybat og‘izlarini ochganda, baliqlar galasi hech seskanmasdan begemot tishlari orasidagi ozuqa qoldiqlarini ishtaha bilan baham ko‘radi. Aqlli begemotlar baliqlar o‘z ishlarini yakunlaganlaridan so‘ngina ohistalik bilan og‘izlarini yopadi.

Yoki mana bu holatga diqqat qiling. Aniqlanishicha, butun Afrikada ikkita bir xil jirafani topish mumkin emas. Bir qaraganda, bu hayvonlar bir-biridan deyarli farqlanmaydi.

Lekin Keniyadagi qo‘riqxona xodimlari tomonidan turli mamlakatlarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar natijasida ravshan bo‘ldiki, har bir jirafaning bo‘ynida faqat o‘ziga xos bo‘lgan dog‘lar mavjud bo‘lib, ularning naqshi boshqasida takrorlanmas ekan. Jirafaga xos bo‘lgan  bu mo‘jizaviy holni, olimlar hali izohlab berolmagan hodisa – odamlarning bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan barmoq izlariga ham o‘xshatsa bo‘ladi. Zero, Alloh taolo “Ra’d” surasining 4-oyati karimasi oxirida:

         «...Bunda, albatta, aql ishlatuvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir», deb marhamat qilmoqda. Ammo biz qachon tafakkur yuritamiz-u, qachon bu alomatlarni anglab yetamiz?! Bu alomatlarni anglab olmog‘imiz uchun esa, diniy fanlar bilan bir qatorda, albatta, dunyoviy fanlarni ham puxta o‘rganmog‘imiz lozim bo‘ladi. Aslida, Islom dinida ilmni diniy va dunyoviy deb ajratilmaydi.

Endi kakku qushning quyidagi ayyorona ishlariga qarang: Ruminiyadagi Oradiya shahrida jahonning 78 mamlakatidan keltirilgan 750 qush turining 10 mingdan ziyod tuxumini o‘zida mujassam etgan antiqa muzey mavjud. Ushbu kolleksiyada kakkuning taxminan 150 ga yaqin xilma-xil tuxumi bor. Ajabo, birgina qush turli-tuman tuxum qo‘yishi mumkinmi?   Nihoyat zoologik haqiqat aniqlandi: Eng muhimi shundaki, kakku tuxum qo‘yishdan oldin, qorayaloq, jiblajibon, malinovka, soyka va shular singari qushlarning inlaridagi tuxumlarni ko‘rib, aynan  ularning tuxumlariga o‘xshash tuxumini bemalol tashlab ketaverar ekan-ki, bu tuxumlarni o‘gay ota-onalar parvarishlab, voyaga yetkazar ekan.

 

 

Demak, mo‘min kishigina, tafakkur qiladigan qavmgina yerda ham, osmonda ham, hatto o‘zida ham Allohning buyuk, qudratli yaratuvchi zot ekaniga dalolat qiluvchi alomatlarni ko‘rishi mumkin. Allohning hidoyatidan mahrum, g‘aflatda yurgan kishilar uchun esa bu mo‘jizalarning hammasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan oddiy oddiy bir holdir. Xuddi shunday bo‘lishi lozimdek. Ular o‘zlaricha mo‘jiza kutadi, mo‘jiza talab qiladi. Aslida tabiatning o‘zi, borliqdagi barcha mavjudotlar, ularning yashashi, harakati, aniq bir qonuniyat asosida boshqarilishi mo‘jiza emasmi?  

 Qutb oq ayig‘i hech qachon sahroga yashashga intiq bo‘lmaganidek, jazirama cho‘lning kamtargina xizmatchisi bo‘lmish tuya ham, qahraton muz qoyalariga borib yashashga orzumand bo‘lmaydi.

Hayvonot olamida kishilarni lol qoldiradigan alomatlar faqat bugina emas. Qimmatli vaqtingizni olgan holda, ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Aksariyat hollarda, hayvonlar, parrandalar yoki hashoratlarning tashqi rangi, shakli o‘zi yashayotgan muhitga o‘xshash bo‘ladi. Beshiktervatar, ninachi, yashil chigirtka va shunga o‘xshash hashoratlar yashil yaproqlar orasida yashaganidek, boshqa jonivorlarning ham, o‘z ranglari yoki ko‘rinishlariga mos joy topganliklari ularning farosatlariga dalolatmi yoki Yaratuvchining hikmatigami? Kuropatkin degan qushning yoz faslida boshqa, qishda boshqacha “libos” kiyishi uning kiyimlari ko‘pligidan emas, harholda.  

Baliqlarning uvildiriq tashlash joyiga migratsiyasi ham, evolyutsiyaning tasodifiy hodisasi emas, Yaratguvchining betakror mo‘jizasidir.

Shu o‘rinda “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilayotgan ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvning bir sonida, pingvinlarning urg‘ochisi tuxumlarini erkaklariga  ishonib topshirib, bir qancha vaqt oziqlanib, kuch-quvvatga to‘lishlari uchun safarga chiqishlari haqida ma’lumot berildi. Bu vaqtda ota pingvinlar tuxumlarini oyoqlari orasida, sovuqdan saqlab turadilar. Bu jonivordan ibrat olishimiz lozim bo‘lgan jihatlari ham borki, kuchli qor-bo‘ronli  sovuqlarda ham, yirtqich qushlar hujum qilganda ham, tuxumlarini tashlab ketishni xayoliga keltirmaydi. (hayotda o‘z farzandini ko‘cha-kuyda tashlab ketayotgan kimsalarning shu pingvinchalik farosati yo‘qmi? shu hayvondan ibrat olsa bo‘lmaydimi?). Ular sovuqda jon saqlash uchun to‘dalashib, bir-biriga jipslashib oladi. To‘daning tashqarisidagilar  bilan ichkarisidagilar vaqti-vaqti bilan o‘rin almashadi. Issiqqina joyini birovga berish hatto hazrati insonga ham malol kelsa-da, lekin bu hayvonlar bunday oliyjanoblikni bajonudil qilishadi.

O‘rmonda yashayotgan maymunlar turli-tuman daraxtlarning achchiq barglarini iste’mol qilishi natijasida, oshqozonlari og‘rib qolganida, odamlar tayyorlab, g‘amlab qo‘ygan yog‘och ko‘mirni o‘g‘irlab qochar ekan. Tabobatdan bexabar bu maymunlar, ana shu yog‘och ko‘mir, oshqozon og‘rig‘i uchun davo ekanini bilganini qarang.

Kasal bo‘lib qolgan qarg‘alar, pechkaning mo‘risidan chiqayotgan tutunga o‘zlarini urganining boisi shu ekanki, ular bir muddat shu tutun ichida bo‘lsa, kasalliklaridan asorat ham qolmas ekan. Yana o‘sha o‘rmon qarg‘alari, chumolilarning uyasiga turib, ularning g‘ashiga tegadi. Jahli chiqqan chumolilar qarg‘aga yopirilib, unga o‘zlaridan chumoli kislotasini sepadi. Bu fursatda qarg‘a huzur bilan hatto qanotlarini ham yoyib yuboradi. Chumoli kislotasi qarg‘adagi turli parazit va bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ajabo! Biz ongsiz deb hisoblagan bu qushlar, qaysi tabobat bilim yurtida tahsil olishgan ekan?

Hayvonlarning, qushlarning turli-tuman shakldagi uya, in qurib olishlari ham, turmush tarzi ham, tabiatning tasodifiy hodisasi bo‘lmay, Yaratguvchining irodasidir.

P. RASULOV,

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus

 islom bilim yurti o‘qituvchisi                                         

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sen namoz o‘qiganing yo‘q!

16.01.2025   7497   8 min.
Sen namoz o‘qiganing yo‘q!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

«Arkon» ko‘plik siyg‘asidagi so‘z bo‘lib, uning birligi rukndir. «Rukn» lug‘atda burchak ma’nosini anglatadi. Xuddi burchak uydagi asosiy narsalardan bo‘lganidek, rukn ham namozdagi asosiy narsadir. Ruknlarsiz namoz bo‘lmaydi. Ruknlar namozning avvalidan oxirigacha ado etilishi shart, ularni qasddan yoki unutib yoxud bilmasdan qoldirib bo‘lmaydi.

Hanafiy mazhabida rukn lafzi o‘rniga farz va vojib lafzlari ishlatiladi. Quyidagi hadisi shariflarda namozning farz va vojib amallari haqida so‘z boradi.

عَنْ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ، وَإِنَّمَا لِكُلِّ امْرِئٍ مَا نَوَى. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir. Albatta, har bir kishiga niyatiga yarasha bo‘ladi», dedilar».

Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.

Sharh: Bu hadis va uning to‘liq sharhi «Niyat» kitobida o‘tgan. Hadisi sharifning bir qismini bu yerda keltirishdan murod, namozda niyat farz ekanligini bildirishdir. Namoz o‘quvchi niyat qilishi farz, aksincha, namozi namoz bo‘lmaydi. Agar niyatini tiliga olib aytsa, yana ham yaxshi.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ دَخَلَ الْمَسْجِدَ فَدَخَلَ رَجُلٌ فَصَلَّى ثُمَّ جَاءَ فَسَلَّمَ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَرَدَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَيْهِ السَّلَامَ، فَقَالَ: ارْجِعْ فَصَلِّ فَإِنَّكَ لَمْ تُصَلِّ، فَصَلَّى ثُمَّ جَاءَ فَسَلَّمَ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، فَقَالَ: ارْجِعْ فَصَلِّ فَإِنَّكَ لَمْ تُصَلِّ ثَلَاثًا، فَقَالَ: وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ مَا أُحْسِنُ غَيْرَهُ فَعَلِّمْنِي، فَقَالَ: إِذَا قُمْتَ إِلَى الصَّلَاةِ فَكَبِّرْ، ثُمَّ اقْرَأْ مَا تَيَسَّرَ مَعَكَ مِنَ الْقُرْآنِ، ثُمَّ ارْكَعْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ رَاكِعًا، ثُمَّ ارْفَعْ حَتَّى تَعْتَدِلَ قَائِمًا، ثُمَّ اسْجُدْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ سَاجِدًا، ثُمَّ ارْفَعْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ جَالِسًا، ثُمَّ اسْجُدْ حَتَّى تَطْمَئِنَّ سَاجِدًا، ثُمَّ افْعَلْ ذَلِكَ فِي صَلَاتِكَ كُلِّهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَزَادَ أَبُو دَاوُدَ: فَإِذَا فَعَلْتَ هَذَا فَقَدْ تَمَّتْ صَلَاتُكَ، وَمَا انْتَقَصْتَ مِنْ هَذَا شَيْئًا فَإِنَّمَا انْتَقَصْتَهُ مِنْ صَلَاتِكَ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidga kirdilar. Bir odam ham masjidga kirdi va namoz o‘qidi. So‘ngra kelib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning salomiga javob berdilar va:

«Qayt, borib namoz o‘qi. Sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. U borib, namoz o‘qidi. So‘ngra kelib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Bas, u zot:

«Qayt, borib, namoz o‘qi. Sen namoz o‘qiganing yo‘q», dedilar. Uch marta shunday bo‘ldi. Bas, shunda haligi odam:

«Sizni haq ila yuborgan Zot ila qasamki, bundan yaxshi o‘qiy olmayman, menga o‘rgating», dedi.

U zot sollallohu alayhi vasallam: «Qachon namozga tursang, takbir ayt. So‘ngra o‘zingga muyassar bo‘lganicha Qur’ondan qiroat qil, so‘ngra ruku’ qil va ruku’da tin ol, so‘ngra g‘oz turib, tiklan. So‘ngra sajda qil va sajdada tin ol. Keyin (boshingni) ko‘tar va o‘tirib tin ol. So‘ngra sajda qil va sajdada tin ol. Keyin namozingning hammasida shunday qil», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilganlar.

Abu Dovud:

«Bas, qachon shuni qilsang, namozing to‘liq bo‘ladi. Bundan biror narsani kam qilsang, namozingdan kam qilgan bo‘lasan», degan ziyodani keltirgan.

Sharh: Ushbu hadisi sharif muhaddis va faqih ulamolar orasida «namozini yomon o‘qigan odamning hadisi» nomi bilan mashhur bo‘lgan. U namozning sifati haqidagi o‘ta muhim hukmlarni o‘z ichiga olgan buyuk hadisdir.

Unda «masjidga kirib kelib, namoz o‘qidi» de­yilgan kishining ismi Xolid ibn Rofe’ bo‘lib, Nasaiy qilgan rivoyatga ko‘ra, u ikki rak’at namoz o‘qigan.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Masjidga kirgan odam avvalo namoz o‘qishi kerakligi.

2. Boshliq o‘ziga tobelar qilayotgan ish shariatga mosmi-yo‘qmi, qarab turishi lozimligi va xato bo‘lsa, tuzatib qo‘yishi.

3. Namoz o‘qib bo‘lgach, masjiddagilarga salom berish.

4. Salomni eshitgan kishi darhol alik olishi. Salomga alik olishning vojibligi shu hadisdan olingan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam avval salomga alik olib, so‘ng xatoni to‘g‘rilashga kirishganlar.

5. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Qayt, borib, namoz o‘qi. Sen namoz o‘qiganing yo‘q» deganlarini ulamolar ikki xil ta’vil qilganlar.

Ba’zilari «Uning namozi butunlay namoz bo‘lmagan», desalar, boshqalari «Uning namozi komil namoz bo‘lmagan, chunki hadisning oxirida «Bundan biror narsani kam qilsang, namozingdan kam qilgan bo‘lasan», demoqdalar», deyishadi.

6. Bir narsani yaxshi bilmagan odam e’tirof qilib, bilgan odamdan o‘rgatib qo‘yishini so‘rashi kerakligi.

7. Bilgan odam esa avval bilmagan odamning ishi xato ekanligini muloyimlik bilan tushuntirib qo‘yishi lozimligi.

8. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Qachon namozga tursang, takbir ayt» deganlari namozga kirish takbir bilan bo‘lishini va takbir farz ekanligini bildiradi.

9. «So‘ngra o‘zingga muyassar bo‘lganicha Qur’ondan qiroat qil» deganlaridan namozda qiroat farz ekanligi va u muyassar bo‘linganicha o‘qilishi kelib chiqadi.

Hanafiy ulamolar shuni dalil qilib, «Namozda Fotiha surasini o‘qish farz emas, balki muyassar bo‘lganicha oyatlar o‘qish farzdir», deydilar.

10. «Tin ol» deyilganidan ruku’ va sajdada xotirjam bo‘lgudek holat vojibligi kelib chiqadi.

Buning eng kam miqdori Hanafiy mazhabida ruku’da «Subhana robbiyal azim»ni, sajdada «Subhana robbiyal a’la»ni shoshmay, uch martadan aytish bilan belgilanadi.

Ko‘pchiligimiz bu narsaga uncha e’tibor bermaymiz. Hadisdagi namozni kamchilik bilan o‘qigan odamga o‘xshab ruku’ va sajdani nomiga, tez-tez qilamiz. Aslida esa ruku’da ham, sajdada ham tasbehlarni o‘n bir martadan aytish kerak.

11. Shuningdek, ruku’dan ham g‘oz turib, qomatni rostmana to‘g‘rilash lozim. Ba’zilarga o‘xshab, boshni ko‘tarib, ko‘krakni bir oz to‘g‘rilab, sajdaga ketaverish kerak emas.

12. Birinchi sajdadan boshni ko‘targanda rostmana, xotirjam bo‘lib o‘tirish lozimligi.

13. «Keyin namozingning hammasida shunday qil» deganlaridan har bir rak’at namozda yuqorida zikr qilingan narsalar takrorlanishi lozimligi bilinadi.

14. Namozning arkonlaridan birortasini buzgan odam uni qayta o‘qishi vojibligi.

15. Olim odam bilmaganlarga shariat amallarini sabr bilan o‘rgatishi zarurligi.

«Hadis va hayot» kitobining 4-juzi asosida tayyorlandi

Maqolalar