O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtatida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSH Prezidenti Donald Trampga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga sihat-salomatlik tilagani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Amtrak kompaniyasiga tegishli bo‘lgan tezyurar poyezd AQSHning Vashington shtatida xalokatga uchragan va poyezdda 86 kishi bo‘lgan. Sietldan Portlend tomon xarakatlanayotgan poyezd relslaridan chiqib ketishi oqibatida olti kishi halok bo‘lgan va 72 nafar odam jarohatlangan.
#xabar #haj2025
Bugun, 12 iyun kuni erta tongda yurtimiz hojilarining ilk guruhlari yurtimizga yo‘l olishdi.
Aytib o‘tish joiz, bu yilgi haj mavsumi har qachongidan ham fayzli, shukuhli o‘tdi. Haj arkonlarini bajarish uchun yurtimiz mo‘min-musulmonlariga Madinai munavvara, Makkai mukarramada yaratilgan shart-sharoitlarga ko‘plab musulmonlarning havasi kelganiga barcha guvoh bo‘ldi.
Ayniqsa, mehmonxonalar, Mino, Arafot vodiylaridagi qulaylik va imkoniyatlar, tibbiy va transport xizmatlari barchani mamnun etdi.
Endilikda ibodatlarni huzurlanib ado etgan, yuz-ko‘zlari porlagan, peshonalaridan nur balqigan hojilarimizning dastlabki guruhi diyorimizga qaytishmoqda.
Alloh taolo hojilarimizning hajlarini qabul aylasin. Farzandu anjumandlari bag‘riga eson-omon yetib olishsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati