Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

Zilzila sodir bo‘ldi, namoz o‘qiysizmi?

12.12.2017   7533   3 min.
Zilzila sodir bo‘ldi, namoz o‘qiysizmi?

Kecha ijtimoiy tarmoqlar va turli saytlarda markazi Jizzax viloyatida bo‘lgan zilzila haqida ma’lumotlar tarqaldi. Zilzila magnitudasi 3,5 ballni tashkil etgani va ko‘pchilik ushbu silkinishni sezmagani ta’kidlandi. Biroq inson zilzila va turli tabiiy ofatlar vaqtida shoshib qoladi, hodisa paytida nima qilishni bilmaydi.

 

Zilzila haqida aniq ma’lumot beradigan tizim hali ishlab chiqilmagan, shuning uchun ham qachon va qayerda hamda qanday kuchdagi zilzila ro‘y berishini oldindan aytishning hozircha iloji yo‘q.

 

Zilzila vaqtida nima qilish kerakligini bilmaydiganlar uchun ushbu maqola ko‘mak beradi degan umiddamiz.

 

Dinimizda musulmon odam Alloh taoloni ko‘p zikr qilishi, shu bilan birga qilgan xatolariga doim istig‘for aytishi kerak. Zero, inson xatodan xoli emas. Shunday ekan, gunohlarimiz ko‘payib, tavba va istig‘forlarimiz ozayganda Alloh taolo o‘zining qudratini bandalariga Quyosh tutilishi, oy tutilishi va zilzila orqali ko‘rsatib qo‘yar ekan.

 

Zilzila haqida Taqiy Usmoniy o‘zlarining “Mavsu’atul fiqhiyya” asarining to‘rtinchi jildida  quyidagicha keltiradilar: “Zilzila Alloh taoloning oyat va alomatlaridan hamda noodatiy hodisalaridandir. Hanafiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ulamolari zilzila sodir bo‘lganda ikki rakat namoz o‘qish mustahab ekanligini aytadilar”.

 

Imom Kosoniy va Ibn Qudoma rahimahullohlar Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Basradalik vaqtlarida zilzila sababli namoz o‘qiganlarini naql qiladilar. Imom Navaviy rahimahulloh “Sharhu Muhazzab”da Ali roziyallohu anhudan zilzila bo‘lganda namoz o‘qish kerakligi haqidagi rivoyatni keltirganlar.

 

Imom Kosoniy rahimahulloh aytadilarki: “Bu usul qo‘rqinchli va dahshatli hodisalar paytida namoz o‘qishlik lozimligiga asoslangandir. Quyosh va oy tutilishida o‘qiladigan namozlarning asosi ham shudir”.

 

Namozning o‘qilish tartibi quyidagicha:

 

Bu namoz jamoat bo‘lib emas, balki yakka holda o‘qiladi. Boshqa namozlardan farqli bo‘lmagan holda ikki rakaat bo‘lib, namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlarda o‘qilmaydi. Namozdan so‘ng duoga jiddu jahd qilinadi.

 

Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, yer silkinishi, o‘ta qattiq shamol kelishi, kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel oqishi kabi holatlar shunchaki tabiiy hodisa emas, balki, sizu bizning gunohlarimiz haddan oshgani, Haq taoloning ibodagiga beparvoligimiz, “Besh kunlik dunyoda o‘ynab qol” qabilida ish tutishimizning ayanchli va xatarli oqibati ekan. Shuningdek, bu bizga Alloh taoloning O‘ziga qaytib, tavba va istig‘forga shoshilishimizga ilohiy chaqiriq ekanligini ham yodda tutmog‘imiz darkor.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

17.01.2025   2513   1 min.
Namozda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi

Cavol: Namoz o‘qiyotganimda bolam ro‘molimni tortib yechib yubordi. Namozim nima bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Fiqhiy qoidalarga ko‘ra namozda berkilishi shart bo‘lgan a’zolardan birining to‘rtdan bir va undan ko‘p qismi uch tasbeh (Subhanalloh) aytish muddaticha ochiq tursa, namoz buziladi. Agar uch tasbeh aytish muddatiga yetmasdan, bir qo‘lda yengil harakat bilan yopib olsa, namoz buzilmaydi. Sizdagi holat ham mana shu hukmga tushadi. Bu holatda ro‘molning o‘zi tushib ketishi yoki kimningdir tushirib yuborishi o‘rtasida farq yo‘q (“Muxtasar fil fiqhil hanafiy”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar