Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447
Maqolalar

G‘aflatda qolmang! salavot ayting

27.11.2017   12761   3 min.
G‘aflatda qolmang! salavot ayting

Bismillahir Rohmanir Rohiym

«Biz Seni faqat olamlarga rahmat qilib yubordik ...» deb marhamat qilgan hamda O‘zining hidoyatiga boshlagan, ummati Muhammad qilgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin.

“Avvalgi Payg‘ambarlar o‘z qavmlarigagina yuborilar edilar. Men esa hammaga barobar Payg‘ambar qilib yuborilganman” degan habibimiz va shafoatchimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga batamom salavotu salomlar bo‘lsin.

SALAVOT AYTING! ALLOH TAOLO VA FARISHTALAR PAYG‘AMBARIMIZ SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA SALAVOT AYTADILAR.

«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey, mo‘minlar! (Sizlar ham) unga salavot va salom aytingiz!», (Ahzob surasi, 56-oyat).

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

SALAVOT AYTING! BAXIL BO‘LMAYSIZ.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Huzurida zikr qilinsam, menga salavot yo‘llamagan kishi baxildir”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ahmad rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning oldida zikr qilinsam-u, menga salavot aytmasa, burni yerga ishqalansin”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

SALAVOT AYTING! DUOINGIZ QABUL BO‘LADI.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir duo Payg‘ambarga salavot aytilmaguncha, osmon o‘rtasidagi parda tufayli yerda to‘xtab turadi, salavot aytilsa, o‘sha parda ko‘tariladi”, dedilar.  

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

SALAVOT AYTING! RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING SHAFOATLARIGA ERISHASIZ.

Anas  roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Menga juma kunida va juma kechasida ko‘p salavot aytinglar, bas kim shunday qilsa, men unga qiyomat kuni guvoh  va shafoatchi  bo‘laman”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

SALAVOT AYTING! RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA YAQIN BO‘LASIZ.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko‘p salavot aytganlardir”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

SALAVOT AYTING! ALLOH TAOLO GUNOHINGIZNI MAG‘FIRAT ETADI, DARAJANGIZNI KO‘TARADI.             

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta salavot aytadi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi. O‘n daraja yuksaltiriladi”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

SALAVOT AYTING! RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM SIZNI ESHITADILAR.

Abdulloh ibn Abu Vafo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Juma kuni menga salavotni ko‘paytiringlar. Albatta, menga yetkaziladi va men eshitaman”, dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati).

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

SALAVOT AYTING!  Har duoning avvali va oxirida.

SALAVOT AYTING! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ismlarini aytganda va eshitganda.

SALAVOT AYTING! Janoza namozining ikkinchi takbiridan keyin.

SALAVOT AYTING! Masjidga kirayotganda va chiqayotganda.

SALAVOT AYTING! Boshga mushkul tushganda va xursandchilikda

SALAVOT AYTING! Uyquga yotishdan oldin.

SALAVOT AYTING! Qur’oni karimni xatm qilgandan keyin.

ALLOHUMMA SOLLI VA SALLIM ’ALA MUHAMMADIN VA ’ALA OLI MUHAMMAD.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Hadisdagi kenglikdan murod nima?

02.07.2025   3662   1 min.
Hadisdagi kenglikdan murod nima?

Savol: Hadisda “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, deyilganini o‘qidim. Hadisdagi ushbu kenglikdan murod nima?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Haqiqatda, hadisi shariflarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki Ashuro kunida ahli ayoliga kenglik qilsa, Alloh unga yil davomida kenglik qiladi", deb marhamat qilganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ulamolar mazkur hadislardagi kenglikni yeb ichish, kiyim-kechak va boshqa narsalarda kenglik qilishni iroda qilingan deganlar. Ya’ni odamlar shu kuni oila a’zolariga xuddi bayramlardagi kabi, balki undan ham yaxshiroq mo‘l-ko‘lchilik qilib bersalar, Alloh taolo ularga yil davomida kengchilik qiladi, deb tushunish mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi